Yevgeniy Aleksandrovich Belyayev (1895.9(21).2 1964.5.9) — sharqshunos, islomshunos olim. Tarix fanlari doktori (1962). Misr Arab Respublikasi Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1964). Moskva sharqshunoslik institutini tugatgan (1922). Moskva sharqshunoslik instituti, Chet tillar harbiy instituti, Xalqaro munosabatlar instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ishlagan (1922 — 1964). Asarlari islom tarixi va arab mamlakatlarining oʻrta asrlar tarixiga doir.

Manbalar

tahrir
  • Arabi, islam i arabskiy xalifat v rannee srednevekovye, M., 1965.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil