Yevgeniy Valentinovich Berzin (tugʻ. 1970-yil 3-iyun, Viborg, SSSR [1]) — sovet va rossiyalik velosportchi, Yevropaning uchta eng nufuzli koʻp kunlik poygalaridan (Jiro d’Italiya) birida gʻolib chiqqan Rossiyaning birinchi vakili[2]. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1990)[3].

Biografiya

tahrir

Yevgeniy Berzin 1970-yil 3-iyunda Viborg shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda maktabning boshlangʻich sinflarida oʻqib, velosiped haydash bilan shugʻullana boshlagan. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy A. Gusyatnikov[4] rahbarligida sport mashgʻulotlaridan oʻtgan. 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya va jahon chempionatlarida gʻolib chiqgan.

Sport martabasi

tahrir

Yevgeniy oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 1994-yilda professional faoliyatini boshlaganidan soʻng erishdi, oʻshanda u kutilmaganda Rossiya va sobiq Sovet velosipedchilari orasida birinchi boʻlib Giro d’Italiya velopoygasi gʻolibiga aylandi[5]. Oʻsha poygada u uch bosqichda gʻolib chiqdi, 19 kun davomida peshqadamlik qildi va natijada italiyalik Marko Pantani va ispaniyalik Migel Indurain kabi mashhur raqiblarini ortda qoldirdi[6].

Keyingi yili xuddi shu velopoygada Yevgeniy 2-boʻldi. 1996-yilda „Tur de Frans“ poygalarining birida gʻalaba qozonib, ikki kun davomida poyga peshqadami boʻldi. 1997-yil 19-oktyabrda Berzin Bordeauxda trekdagi soatlik poygada rekord oʻrnatishga harakat qildi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Sport martabasini tugatgandan soʻng, u Italiyada yashab, u yerda avtomobillar sotish bilan bogʻliq biznes bilan shugʻullangan[7]. 2007-yilda u Oleg Tinkov jamoasida oʻynashni hohlab, sport martabasini davom ettirish niyatida edi, ammo jamoaga 37 yoshli Berzin kerak emas edi. Shu bilan sportchining velosportdagi faoliyati yakunlandi[8].

Asosiy yutuqlar

tahrir
  • Giro d’Italia
    •  Umumiy tasnifda 1-oʻrin
    •   Eng yaxshi yosh chavandoz tasnifida 1-oʻrin
    • 19 kun davomida yetakchining pushti libosiga egalik qildi, 4, 8 va 18-bosqichlarda g‘olib chiqdi.
  •   Vaqt sinovi boʻyicha Rossiya chempionati

Manbalar

tahrir