Yevgeniy Cheremisin
Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin (1988-yil 29-fevralda tugʻilgan, Naberejnye chelni, Tatar ASSR) – rossiyalik futbolchi , darvozabon. Oʻzbekiston oliy ligasida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin | ||
Tavallud sanasi | 29-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Naberejniye chelni, RSFSR | ||
Boʻyi | 1.92 m (6 ft 3 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Neftekhimik | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2007 | Neftekhimik | 36 | (0) |
2008—2010 | Rubin Kazan | 0 | (0) |
2008 | → Rubin-2 Kazan (ijara) | 5 | (0) |
2010 | → Dynamo St. Petersburg (ijara) | 2 | (0) |
2011—2012 | Neftekhimik | 2 | (0) |
2012—2013 | Rubin-2 Kazan | 25 | (0) |
2013—2014 | Rubin Kazan | 0 | (0) |
2013 | → Fakel Voronej (ijara) | 1 | (0) |
2014 | → Neftekhimik (ijara) | 0 | (0) |
2014 | KAMAZ | 0 | (0) |
2015—2016 | Neftchi | 30 | (0) |
2018—2019 | Qizilqum | 43 | (0) |
2020 | FC Kaganat | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirChelnidagi „Zarya“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Gennadiy Andreevich Kadilskiy[1]. Professional futbolga Nijnekamskning „Neftekhimik“ jamoasi bilan kirib kelgan. Klub bilan 2005-yilda Rossiya kubogi oʻyinlarida va 2006-yilda ikkinchi divizionda debyut qilgan. Nijnekamsk jamoasida ikki mavsum davomida u milliy chempionatlarda 36 oʻyin oʻtkazgan.
2008-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. Klubda Rossiya chempionatida jamoas bilan asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida birorta ham oʻyin oʻtkaza olmadi. Mamlakat kubogida u bitta oʻyinda ishtirok etdi – 2010-yil 13-iyulda Astraxanning „Volgar“ jamoasiga qarshi[2] . 2010-yilda Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi boʻldi[3]. Rubin-2 va Rubin jamoasi tarkibida chempionatda 39 ta oʻyin oʻtkazdi va 44 ta gol oʻtkazib yubordi. Fakel Voronezh ijaraga oʻtdi, jamoada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014-yilda esa Neftekhimik klublariga oʻtdi, klubda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. Shu yil FC KAMAZ klubiga qoʻshildi.
2015-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtdi. U Oʻzbekiston oliy ligasidagi debyut uchrashuvini 2015-yil 14-mart kuni „Shoʻrtan“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. Mavsum davomida u barcha 30 uchrashuvni asosiy tarkibda oʻtkazdi. Jamoasi bvilan soʻnggi bir necha yil ichida eng yaxshi natija – beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq mavsum yakunida xorijlik darvozabonlarning Oʻzbekiston chempionatida oʻynashi taqiqlangani bois, darvozabon „Neftchi“ni tark etishga majbur boʻldi[5].
2017-yil boshida u Belorussiyaning „Isloch“ klubiga koʻrikka borgan, ammo transfer muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan[6]. 2018-yilda Oʻzbekiston superligasi vakili Qizilqum klubiga qoʻshildi. Klubda 43 ta oʻyinda maydonga tushdi. klubda 2 mavsum oʻynadi. Sonʼg, Qirgʻizistonning Kaganat klubiga oʻtdi.
Yutuqlari
tahrir- Rossiya Superkubogi: 2010
Manbalar
tahrir- ↑ KRYoSTNIY OTYeTs YuNIX ChYeLNINSKIX FUTBOLISTOV
- ↑ Match Volgar-Gazprom – Rubin. footballfacts.ru
- ↑ Yevgeniy Cheremisin: „Kubok Sodrujestva otobral u nas ochen mnogo emotsiy“
- ↑ Match Neftchi F – Shurtan. soccerway.com
- ↑ Chetire slagaemix uspexa. Kak „Neftchi“ vernulsya v elitu
- ↑ Rossiyskiy vratar Cheremisin priexal na prosmotr v „Isloch“
Havolalar
tahrir- „Rubin Qozon“ rasmiy veb-saytidagi oʻyinchi sahifasi (Wayback Machine saytida 2010-08-11 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |