Yevgeniy Shamayevich Mamut (1942-yil, Toshkent) ukrainalik va amerikalik kinematografik maxsus effektlar boʻyicha mutaxassis, animator, Oscar kino mukofoti laureati.

Yevgeniy Mamut
Tavalludi 9-iyul 1942-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR AQSH bayrogʻi AQSh
Mukofotlari Oscar

Oilasi, bolaligi, taʼlimi

tahrir

Yevgeniy Shamayevich 1942-yil 9-iyulda Toshkentda tavallud topgan. Ota-onasi va singlisi bilan 1977-yilda AQShga koʻchib oʻtishgan, bir yildan soʻng u yerdan ham koʻchib ketishgan.

Yevgeniy Mamut 19491959-yillarda Xarkov shahridagi 95, 48, 9-maktablarda oʻqigan. 19611963-yillar oraligʻida Xarkov qurilish texnikumida texnik-elektrik mutaxassisligi boʻyicha oʻqigan. 1971-yil elektr muhandisligi boʻyicha (XPI) diplom olgan. Yevgeniy 19701978-yillarda XPI kinostudiyasida muhandis boʻlib ishlagan. U mikroskop ostida suratga olish texnologiyasini ishlab chiqdi[1].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Shamayevich 1996-yilda mashhur grafik va animatsiya ustasi Irina Borisovaga uylangan.

Kinostudiya

tahrir

Yevgeniy oʻz ijodiy faoliyatini dastlab 1957-yilda Vladimir Petrovich Zubara, keyinchalik esa 1965-yildan Arkadiy Mixaylovich Faustov rahbarligida Xarkov politexnika instituti xalq kinostudiyasida boshlagan.

Mamut „Mening hamkasblarim hozir dunyoga mashhur odamlar: vizual effektlar boʻyicha mutaxassislar jol Xaynek va Jeff Kleyzer“, – deb eslaydi.

Yevgeniy Mamut 1996-yilda Massachusets shtatining Lenoks shahriga koʻchib oʻtib, Mass Illusion kompaniyasi bilan ishlashni boshlagan. U yerda „Zvyozniy desant“ (Starship Troopers, 1997) va „Matritsa“ (The Matrix, 1999) filmlari uchun vizual effektlar yaratgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Yevgeniy Shamayevich 1962-yil Moskvadagi VDNX kumush medali bilan taqdirlangan.

1982-yil „Timex“ soatlarini reklama qilgani uchun „CLIO AWARD“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yevgeniy Mamut 1987-yilda uchta hamkasbi bilan birgalikda „Oscar“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yevgeniy Mamut 700 ta reklama va 40 ta film yaratishda ishtirok etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „ХАРЬКОВ КИНЕМАТОГРАФИЧЕСКИЙ…“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  2. „Харьковский «Чужой» с «Матрицей» для «Звездных войн»: история советского эмигранта, совершившего переворот в киноиндустрии США“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.