Yevgeniy Yevtushenko
Yevtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami „Kelajak razvedkachilari“ (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab ahloqiy va tarixiy masalalarni („Stalin vorislari“, „Babiy Yar“ sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. „Uchinchi qor“ (1955), „Tashabbuskor- lar koʻchasi“ (1956), „Nazokat“ (1962), „Bratsk GESi“ (1965), „Aloqa qayigʻi“ (1966), „Oppoq qor yogʻyapti“ (1969), „Qozon dorilfununi“ (1970), „Ishqiy lirika“ (1973), „Ertalabki xalq“ (1978), „Fuku“ (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. „Mevali joylar“ (1981) romani ahloqiy mavzuda. „Isteʼdod — betakror moʻjiza“ (1983) makolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. „Bolalar bogʻchasi“ (1984), „Stalinning dafn etilishi“ (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning „Oq qorlar“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr kilingan (1982)[2].
Yevgeniy Aleksandrovich Yevtushenko | |
---|---|
Евгений Александрович Евтушенко | |
Tavalludi |
Yevgeniy Aleksandrovich Gangnus 18-iyul 1932-yil |
Vafoti | 1-aprel 2017[1] |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Otasi | Q125631960? |
Veb-sayti | Yevtushenko |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir- Евгений Евтушенко. Биография, стихотворения, статьи.
- Евгений Евтушенко. Биография и творчество
- Творчество Евгения Евтушенко на сайте The Electronic Literary Database (Wayback Machine saytida 2006-06-23 sanasida arxivlangan)
- Интервью Евгения Евтушенко на радио «Эхо Москвы»
- Фотографии Евгения Евтушенко во время визита в Пензу в 2008 (Wayback Machine saytida 2011-05-20 sanasida arxivlangan)