Yevropa kaltayunglisi[1] yoki kelt/Yevropa kaltayunglisi - deb nomlanuvchi, kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan mushuk zotidir. biroq u Misr mushuklarining avlodi boʻlishi mumkin boʻlgan juda qadimgi zotlardan[2].

Urgʻochi Yevropa kaltayunglisi.

Yevropaning asl xonaki mushuk zoti deb 20-asr boshlarigacha faqatgina Britaniya kaltayunglisi eʼtirof etilgan, garchi koʻpchilik oddiy yevropa mushuklaridan koʻra zotdorroq boʻlsa ham. .

Kelib chiqishi

tahrir

Yevropa kaltayunglisini tabiiy ravishda, yaʼni koʻpaytirish uchun maxsus qoidalarga rioya qilmasdan koʻpaytirilgan uy mushuklari bilan tenglashtirish mumkin[3].

Yevropa kaltayunglisi Buyuk Britaniyada (Britan kaltayunglisi) va AQShda (Amerika kaltayunglisi) uzoq qarindoshlariga ega, ammo bu zotlar juda uzoqlashib ketgan.

2023-yilda ushbu mushuk zoti ACF, FIFe, LOOF, TICA va WCF tomonidan tan olingan[4][5].

Oʻrtacha umr koʻrish

tahrir

Hayotning davomiyligi ushbu turning boshpanasi bor yoki yoʻqligiga bogʻliq. Boshpanali mushuklarning umr koʻrish davomiyligi oʻrtacha 14 yil. 

Temperament

tahrir

Bu zot Yevropa mushuklari orasida tabiiy sichqon ovchilari paydo qilish istagi bilan yaratilgan. Koʻpgina Yevropa kaltayunglilari kuchli va faol. Ular barcha yoshdagi odamlarga doʻstona munosabatda boʻlishadi. Shuningdek boshqa mushuklar bilan yaxshi munosabatda boʻlishadi va itlarga ham toqat qiladilar. Yevropa kaltayunglilari aqlli va oʻyinqaroq. Ularning aksariyati uylar va hovlilarni barcha turdagi kemiruvchilardan tozalashda peshqadam[6]. Ularning inson oilasiga moslashib ketishi juda oson, shu sababdan yosh bolali oilalarga koʻproq tavsiya qilinadi.

Jismoniy xususiyatlar

tahrir

  Tashqi koʻrinishiga koʻra, Yevropa kaltayunglisi juda egiluvchan mushuk. Asl yevropa uy mushuklari bilan solishtirganda ulardan deyarli farq qilmaydi. Yevropa kaltayunglisi oʻrta boʻyli va katta mushuk boʻlib, koʻkragi keng, mushaklari yaxshi rivojlangan[7]. Kuchli oyoqlari oʻrta uzunlikda, panjalari yumaloq shaklda[7]. Quyruq ham oʻrtacha uzunlikda va pastki qismi juda qalin, uchiga tomon qisqarib ketgan[7].

Boshining vertikal kengligi gorizontal kengligidan uzunroq. Britaniya kaltayunglisi kabi boshi kabi yumaloq emasligi bilan farq qiladi. Quloqlar oʻrtacha kattalikda, uchi biroz yumaloq[7]. Ular ancha keng va tik turadi. Koʻzlar yumaloq va har qanday rangda boʻlishi mumkin[7].

Yevropa kaltayunglisi zich va kalta uzunlikdagi moʻynaga ega. U faqatgina kalta yung va zich moʻynaga ega boʻladi[7]. Qora, qizil, koʻk va qaymoqrang kabi barcha tabiiy ranglarda boʻlishi mumkin[7].

Zot tavsifi

tahrir
 
Jigarrang tabby yuzlisi yaqindan koʻrinishi.
 
Moviy skumbriya tabby yuzli urgʻochi Yevropa kaltayunglisi.

Yevropa kaltayunglisining zot standartida quyidagi tana xususiyatlari boʻlishi kerak:[7]

  • Bosh: yumaloq konturli va ancha keng, lekin vertikal kengligi gorizontal kengligidan uzunroq. Yanoqlar yaxshi rivojlangan, ayniqsa erkaklarida.
  • Quloqlar: oʻrtacha kattalikda, uchlari biroz yumaloq boʻlishi mumkin.
  • Koʻzlar: katta, yumaloq, biroz qiyiq. Rang aniq va sof boʻladi va moʻyna rangiga mos kelishi kerak.
  • Boʻyin: oʻrtacha uzunlikda.
  • Tana: ancha uzun, juda ham keng emas. Qattiq, kuchli, anchagina mushakdor. Koʻkrak qafasi keng, yaxshi rivojlangan
  • Panjasi: oʻrtacha kattalikda, kuchli, qattiq.
  • Quyruq: oʻrtacha uzunlikdagi, asta-sekin yumaloq uchigacha torayib boradi.
  • Moʻyna: kalta, zich va yorqin.

Mashhurlik

tahrir

Bu zot asosan Skandinaviyada mashhur, chunki Evropada hali ham shunga oʻxshash mushuklarning juda koʻp populyatsiyalari mavjud. Yevropa Kaltayunglisi Shvetsiyada yoʻqolib borayotgan zotlar roʻyxatiga kiritilgan va Finlyandiyaning milliy mushugidir.

Manbalar

tahrir
  1. Fédération Internationale Féline (FIFe). „European breed standards FIFe“. fifeweb.org (2023-yil 1-yanvar). 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
  2. „European Shorthair“. Omlet. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
  3. Fédération Internationale Féline (FIFe). „European breed standards FIFe“. fifeweb.org (2023-yil 1-yanvar). 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
  4. „Breed Comparisons - European Shorthair | World Cat Congress“. www.worldcatcongress.org. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
  5. „Livre Officiel des Origines Félines“. m.loof.asso.fr. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
  6. Verhoef-Verhallen, Esther J.J.. Encyclopedia of Cats, 1997 — 58-bet. ISBN 1-901094-16-2. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 7,7 Fédération Internationale Féline (FIFe). „European breed standards FIFe“. fifeweb.org (2023-yil 1-yanvar). 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.Fédération Internationale Féline (FIFe) (1 January 2023).