Yevropa valyuta bitimi (Yeigoreap Mope1agu AdgeeteSh) — Yevropa toʻlov ittifoqiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlash va koʻp tomonlama oʻzaro (hamkorlik) hisob-kitoblar boʻyicha hamkorlik bitimi. 1955-yil 5-avgustda tuzilib, 1958-yil dekabrda (1950-yilda tuzilgan Yevropa toʻlov ittifoqi tugatilib, unga aʼzo boʻlgan koʻpgina mamlakatlarning valyutalari muomalaga kiritilgach) joriy etildi. Yevropa valyuta bitimining maqsadi koʻp tomonlama hisob-kitob ishlarini bajarish orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish edi. 1973-yilga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida boʻlgan Yevropa valyuta hamkorligi fondm tashkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga Direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Hisob-kitob ishlarini Bazeldagi xalqaro bank bajaradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil