Yirtqichlar, etxoʻr hayvonlar (Carnivora) — sut emizuvchilarning bir turkumi. Kattaligi har xil. Tanasining uzunligi 20 sm dan (latcha) 3 m gacha (oq ayiq). Ogʻirligi 0,1—700 kg . Bu turkumga, asosan, yirtqich hayvonlar kiradi. Qoziq tishi katta, oziq tishlari oʻtkir. Kurak tishlari kichik va yaxshi rivojlanmagan. Yuqori jagʻidagi oxirgi soxta va birinchi chin oziq tishlarining koʻrinishi oʻzgarib, yirtqich tishga aylangan. Yirtqichlar ning tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va oʻtkir. Baʼzilarining tirnoqlari ichkariga botib kirgan. Koʻrish, eshitish va hidlash organlari yaxshi rivojlangan. Oshqozoni oddiy, koʻrichagi qisqa yoki mutlaqo yoʻq. 7 ta; mushuksimonlar, viverrasimonlar, susarsimonlar, sirtlonsimonlar, itsimonlar, ayiqsimonlar va yenotsimonlar oilalariga boʻlinadi. Yirtqichlar Avstraliya va Polineziyadan tashqari hamma yerda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 oilaga mansub 25 tacha turi uchraydi. Yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar sonini cheklovchi hamda tabiatda kasal va nimjon xayvonlar sonini kamaytiruvchi tabiiy sanitarlar sifatida ahamiyatga ega.[1]

Yirtqichlar

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil