Kiribati, Kiribati Respublikasi (Republic of Kiribati) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Gilbert, Feniks, Layn orollari va Banaba orolda joylashgan davlat. Maydoni 810,6 km². Aholisi 94,149 ming kishi (2001). Maʼmuriyhududiy jixatdan 6 okrugga boʻlinadi. Poytaxti — Bairiki shahri.

Kiribati Respublikasi
ShiorTe mauri, te raoi ao te tabomoa
(Kiribati: Health, Peace and Prosperity)
Madhiya: Teirake kaini Kiribati
(Stand Kiribati)
Location of Kiribati
Poytaxt Tarava
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Anote Tong
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
12-iyul 1979
Maydon
• Butun
811 km2 (186-oʻrin)
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
103,092 (196-oʻrin)
• Zichlik 127/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$79 mil. (221-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$766
Pul birligi AAQShtralian Dollar (AUD)
Qisqartma KR
Telefon prefiksi 686
Internet domeni .ki

Davlat tuzumi

tahrir

Kiribati — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi prezident (1994-yil oktabrdan Teburaro Tito). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi (parlament) amalga oshiradi. Parlament deputatlari aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Orollar marjonlardan hosil boʻlgan. Iqlimi — ekvatorial, issiq va sernam. Baʼzi janubiy orollarda qurgʻoqchilik ham boʻlib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 24°—31°. Tabiiy oʻsimliklari — asosan, butalar.

Aholisining aksariyati, asosan, mikroneziyalik kiribatilar (96%); tuvaluanlar, banabanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, birok, barcha aholi toʻngaru (kiribati) tilida soʻzlashadi. Dindorlar — xristianlar.

Tarixi

tahrir

Kiribati hududi (Gilbert orollari)ni ispanlar 1606-yilda oʻzlashtira boshlagan. 18-asrning 60—80-yillarida orollarni inglizlardan D. Bayron, D. Gilbert va D. Marshall tadqiq qildi. Rus den-gizchisi A. Kruzenshtern orollarga Gilbert nomini berdi (inglizcha Gilbert nomini mikronezlar Kiribati tarzida talaffuz qiladilar). 1892—1915-yillarda Kiribati Tuvalu (Ellis orollari) bilan birga Buyuk Britaniya protektorata, soʻngra mustamlakasi boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiya bosib oldi (1941—43 yillarda). Urushdan keyin yana inglizlar hukmronligi tiklandi. Aholining siyosiy huquklar va mustaqillik yoʻlidagi koʻrashi Britaniya maʼmurlarini Kiribati mustamlaka boshqaruvi tizimini bir necha bor isloh qilishga majbur etdi. 1972 i.ga qadar orollar Gʻarbiy Okeaniyadagi ingliz oliy komissari (rezident-komissar) tomonidan boshqarildi, soʻngra mustamlaka gubernatori lavozimi joriy etildi. 1975-yilda Ellis orollari Kiribatidan ajralib chikdi. 1977-yil 1-yanvarda Kiribatiga ichki oʻzoʻzini boshqarish xuquqi berildi. 1979-yil 12-iyulda mustaqillik eʼlon qilindi. Kiribati 1999-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-iyul — Mustaqillik kuni (1979).

Siyosiy partiyasi va kasaba uyushmasi. Milliy taraqqiyparvar partiya. Kiribati Kasaba uyushmalari kongressi, 1982 i. tashkil etilgan va 12 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Iqtisodiyot

tahrir

Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi. Kokos palmasi, taro, banan, non daraxti oʻsadi. Meva va sabzavot yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Sanoati mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat; ular kokos yogʻi, mebel, esdalik sovgʻalari ishlab chiqaradi, balik, toʻzlaydi. Orollarga yiliga 1,5 ming sayyoh kelib ketadi. Ta-rava atollida dengiz porti bor. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 640 km (Taravada). Eksport tushumlarining 75% kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi) sotishdan olinadi. Chetdan oziqovqat, yoqilgʻi, sanoat mollari, transport vositalari sotib olinadi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Pul birligi — avstraliya dollari. Taravada texnologiya instituti, pedagogika kolleji va dengizchilik maktabi bor. Ingliz va kiribati tillarida "Te Uyekera" haftalik gaz. va mahalliy tilda "Te Iton ni Kiribati" hamda "Te Kaotan te Ota" oynomalari nashr etiladi. Kiribati radiosi (1954-yildan) va televideniyesi mavjud.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil