Muborak Yoʻldoshev
Muborak Saydaqulovich Yoʻldoshev (1934.23.2, Chimkent sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1962; Ch. Ahmarov, M. Saidov, V. Riftinlardan taʼlim olgan). Navoiy nomidagi akademik opera va balet katta teatrida rassom (1962—64; J. Puchchinining "Floriya Toska" operasi va b.), Samarqand opera va balet teatrida bosh rassom (1964— 72; S. Boboyevning "Yoriltosh" va "Ham-za" operalari, B. Asafyevning "Boqchasaroy favvorasi", M. Ravelning "Bolero", S. Balasanyanning "Layli va Majnun" baletlari va b. spektakllarning sahna bezaklarini yaratdi). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog (1972—80). Y. ijodida tarixiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi: "Goʻroʻgʻli, "Koʻhna Urganch", "Alpomish", "Avesto", "Xoʻja Hofiz" turkumida asarlar, "Amir Temur" triptixi va b.; Y., shuningdek, portretlar ("Kompozitor Karim hoji", "Ergash Jumanbulbul", "Pulkan shoir", "Islom shoir" va b.) mavzuli asarlar ("Samarqand bozori", "Amir Temur maqbarasi" va b.), natyurmortlar ("Siren" va b.) muallifi hamdir. Y. 1965-yildan respublika va chet mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan faol ishtirok etadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |