Yoʻldosh Sulaymon
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov; 12.08.1935 — 04.2004 )1935-yil 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil «Fargʻona haqiqati»(sobiq «Kommuna») gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
1986—1995-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi masʼul kotibi, «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi viloyat boʻlimi rahbari boʻldi. 1996—2001-yillarda Yoʻldosh Sulaymon Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻldi.
Yoʻldosh Sulaymon bolalar yozuvchisi sifatida 15 ta sheʼriy, beshta ocherk va hikoyalar toʻplamini chop ettirdi. U «Avlodlar», «muhabbat» qissalari, «Subhidam»(1973), «Vafo»(1979) romanlari muallifi.
Mustaqillik yillarida adib barakali ijod etdi. Uning «Fargʻonanoma», «Gulnoma», «Margʻlonnoma», «Qoʻqonnoma», «Fargʻnaning quliman», «Hirotga sayohat», «Jonimsiz-ey kurtaklarim»sheʼriy kitoblari,]]"Jalada qolgan gul]]"qissasi]]"(1997), «Armon»romani(1999), «Osmonga sigʻmagan muhabbat»dramatik dostoni(1999) bosildi.
U Fargʻna farzandi, Fargʻona kuychisi? Fargʻonaliklar oshigʻi. Fargʻonaliklarni kuylash orqali mamlakatga, oʻzbeklarga boʻlgan mehr-muhabbatini ifodalaydi. Uning asarlarida hayotbaxsh ruh, sururiylik kuchliki u ham fargʻona ahli tabifatiga hosdir.
Yoʻldosh Sulaymon «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi», «Doʻstlik ordeni» sohibi. U Oʻzbekiston Oliy majlisi deputati.
Asarlari
tahrir- Muhabbat. Qissa. T.: «Yosh gvardiy», !983
- Armon. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashri,1999
Adabiyot
tahrir- Oxunjon Hakimov «Yoʻldosh Sulaymon muhabbati». Adabiy portret. T.: 1995