Toymas Sottiyevich Yoʻldoshboyev (1931.30.7, Toshkent) - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). Moskva universitetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika ilmiy tadqiqot instituti(1959—62, 1971 — 80), Toshkent Davlat Universiteti (1956— 59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodimi (196271), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti prorektori (1980 — 83), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori (1983—95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Fizika-Quyosh" IICHB laboratoriya mudiri (1995-yildan). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar yadro fizikasi, astrofizika va kosmik nurlar fizikasiga oid. Y. noyob qurilma ishlab chiqib, pionlar va nuklonlarning yadro bilan oʻzaro taʼsirlarining harakterida muhim farqlanishni aniqladi. Uning "Pomir" xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkazgan keng miqyosdagi eksperimentlari ikkilamchi zarralarda azimutal korrelyasiyalarning keskin oʻsish effektining kashf etilishiga olib keldi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil