Yogʻ toʻqimasi
YoGʻ toʻqimasi (textus adiposus). Yogʻ hujayralari biriktiruvchi toʻqimaning maʼlum qismlarida toʻplanib, ѐgʻ toʻqimasini hosil qiladi. Ikki xil ѐgʻ toʻqimasi tafovut qilinadi: oq va qoʻngir. Qoʻngʻir ѐgʻ toʻqimasi odamda ilk ѐshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing ѐn taraflarida) uchraydi. Qoʻngʻir ѐgʻ toʻqimasi hujayralari sitoplazmasida mayda ѐgʻ tomchilari orasida donador endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, koʻp miqdorda mitoxondriya va glikogen kiritmalari joylashadi. Yogʻ hujayralaridagi sitoxromlar ѐgʻ toʻqimasiga qoʻngʻir tus beradi. Yogʻ hujayralaridagi ѐgʻ toʻplamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g ѐgʻ ѐnganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi. Shunday qilib, suv etishmaganda ѐgʻ suv manbai boʻlib ham xizmat qiladi.
Metabolitik jaraѐnda qoʻngʻir ѐgʻ toʻqimasi alohida oʻrin tutadi. Uning metabolitik aktivligi oq ѐgʻ toʻqmasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm soviganda qoʻngʻir ѐgʻ toʻqimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi. Yogʻ toʻqimasi mexanik funksiyani ham bajarib, organizmni turli taʼsirlardan saqlaydi (masalan, teri osti ѐgʻ kletchatkasi).[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Zufarov K.A. Gistologiya: darslik - Toshkent, 2005 й..