Yagaylo, Yogayla (taxminan 1350 – 1434.1.6) — Litva buyuk knyazi (1377 – 92, tanaffuslar bilan), Polsha qiroli (Vladislav II Yagello nomi bilan, 1386-yildan) yagellonlar sulolasi asoschisi. Olgerdning oʻgʻli, Gediminning nabirasi. 1380-yil Moskva ulugʻ knyazligiga qarshi Oltin Oʻrda bilan ittifoq tuzgan; Kulikovo jangiga Mamayning ittifoqchisi boʻlgan. Tevton ordeni yordamiga suyangan. 1386-yil 18 fevralda Polsha qirolichasi Yadvigaga uylangan, natijada Yagaylo Polsha qiroli ham boʻlgan. Biroq muxolifat uni Litvadagi hokimiyatni topshirishga majbur qilgan (1392, Yagayloda faqat Litva "oliy knyazi" unvoni qolgan).

1409 – 11 yillardagi Tevton ordeniga qarshi Buyuk urushda va 1410-yildagi Gryunvald jangida ittifoqdosh polyaklitvarus armiyalari qoʻmondoni boʻlgan. Yagaylo oʻzini iqtidorli tashkilotchi va sarkarda sifatida koʻrsatgan.