Yonaguni yodgorligi
Yonaguni yodgorligi – Yaponiyadagi Ryukyu orollarining eng janubiy qismida joylashgan Yonaguni qirgʻogʻi suv ostida shakllangan yodgorlik. Ushbu yodgorlik taxminan 100 kilometr (54 nmi; 62 mi) boʻlib, Tayvanning sharqiy qismida joylashgan.
Dengiz geologi Masaaki Kimuraning taʼkidlashicha, bu yodgorliklar texnogen pogʻonali monolitlar hisoblanadi[1][2]. Yaponiya Madaniyat ishlari boʻyicha agentligi ham, Okinava prefekturasi hukumati ham ushbu obyektlarni muhim madaniy yodgorlik sifatida tan olmagan va davlat idorasi saytida tadqiqot yoki saqlash ishlarini olib bormagan[3].
Kashf etilishi
tahrirYonaguni dengizida bolgʻa boshli akulalar koʻp boʻlgani tufayli qish oylarida suv ostiga shoʻngʻish uchun koʻplab insonlar bu yerga tashrif buyuradi. 1986-yilda Yonaguni-Cho sayyohlik assotsiatsiyasi direktori Kihachiro Aratake akulalarni kuzatish chogʻida meʼmoriy tuzilmalarga oʻxshab ketadigan baʼzi dengiz tubidagi obyektlarni payqab qolgan[4]. Oradan koʻp oʻtmay, Ryukyus universitetidan Masaaki Kimura rahbarligi ostida bir guruh olimlar ushbu yodgorlikka tashrif buyurgan.
Joylashuvi va geologiyasi
tahrirYodgorlik Yonaguni orolining janubiy qismidagi Arakawabana qoyasining ostida joylashgan[5][6]. Ular oʻrta va juda mayda qumtoshlar va Quyi Miosen Yaeyama guruhining loytoshlaridan iborat boʻlib, taxminan 20 million yil ilgari shakllangan degan taxminlar mavjud[7].
Shakllanishi
tahrirGeolog Robert Schoch ushbu yodgorlik tabiiy holda oʻzi paydo boʻlgan deb hisoblagan[8]. Yonagunida paydo boʻlgan toʻrtburchak shakllar zilzilaga moyil boʻlgan hududda joylashganligini koʻrsatadi[8][9]. U Yonaguni shimoli-sharqiy sohilida ham shunga oʻxshash suv osti yodgorligi mavjudligini ham aytib oʻtgan[8][10]. John Anthony West Schoch bilan yodgorlikni koʻzdan kechirishga kelgan. Natijada yodgorlik tabiiy shakllanganligini va Kimura adashganligi haqida kelishib olingan[11]. Shuningdek, Schoch Kimura tomonidan aniqlangan qoyalardagi „chizmalar“ tabiiy tirnalgan deb taxmin qilingan[9][12].
1999-yilda Spiegel TV tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya va 2001-yilda Graham Hancock taklifi bilan ushbu yodgorliklarni oʻrgangan nemis geologi Wolf Wichmannlar ular tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻlishi mumkin degan xulosaga kelgan[13][14].
Sanninudayda Yonaguniga oʻxshash qumtosh hosilalari mavjud. Robert Schoch va Janubiy Tinch okeani universitetining Okean geofanlari professori Patrik D. Nunn ham ular mutlaqo tabiiy ravishda hosil boʻlganini taʼkidlagan[15].
2019-yilda Takayuki Ogata va boshqa tadqiqotchilar Yonaguni orolining raqamli balandligi modelidan foydalangan holda topografik tahlil oʻtkazganlar. Ular Tindabana, Kube Ryofurishi va „geozitlar“ deb nomlanuvchi uchta joydagi qatlamlar, togʻ jinslari va mikrotopografiyasini geologik tadqiq qilishgan. Tadqiqotlar natijasida ular Yonaguni yodgorligi sunʼiy konstruksiyaga oʻxshasa-da, qumtoshdagi chiziqlar nurash va eroziya jarayonlari natijasida hosil boʻlgan tabiiy jarayon ekanligini taʼkidlaganlar. Ular shunga oʻxshash xususiyatlarni Sanninuday geositida ham topish mumkinligini, ammo tadqiqot ishlari, asosan, Yonaguni orolining janubiy qirgʻogʻida olib borilganligini aytgan[16].
Dastlab Kimura bu yodgorliklarning shakllanganiga kamida 10 000 yil boʻlgan deya taxmin qilgan, bu uning suv ustida joylashgan davriga toʻgʻri keladi va shuning uchun bu joy afsonaviy yoʻqolgan Mu qitʼasining qoldigʻi boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi[17]. 2007 yilda 21-Tinch okeani ilmiy kongressida berilgan hisobotda ushbu taxmin qayta koʻrib chiqilgan va uni 2000–3000 yil oldin yuzaga kelgan deb belgilangan, chunki oʻsha paytda dengiz sathi hozirgi darajaga yaqin boʻlgan. Uning fikricha, qurilishdan soʻng tektonik faollik uni dengiz sathidan pastga choʻkib ketishiga sabab boʻlgan[18]. Arxeolog Richard J. Pirson ham ushbu maʼlumotning ehtimoldan yiroq emasligini taʼkidlagan[19]. Bundan tashqari, Kimura ushbu yodgorlikni Yamatay madaniyatining qoldiqlari deb hisoblashini aytib oʻtgan[20].
Yodgorlik kuchli oqimlarga qaramay, suvga shoʻngʻuvchilar uchun mashhur diqqatga sazovor joyga aylangan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ "Deep Secrets". New Scientist. Vol. 204, Issue 2736. 28 November 2009. p. 41.
- ↑ Feagans. „Yonaguni: Monumental Ruins or Natural Geology?“. Archaeology Review (2017-yil 16-oktyabr).
- ↑ Ryall. „Japan's Ancient Underwater "Pyramid" Mystifies Scholars“. National Geographic News (2007-yil 19-sentyabr). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ West. „Diving for Lemuria“ (1998). Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
- ↑ Kimura, Masaaki. Yamatai Koku wa Okinawa Datta (Yamatai was Okinawa) (ja). Tokyo: Daisanbunmei-sha, 2010 — 200–204-bet. ISBN 978-4476033052.
- ↑ Kimura. „Ancient Megalithic Construction Beneath the Sea off Ryukyu Islands in Japan, Submerged by Post Glacial Sea-level Change“ (en) 947–953 (2004).
- ↑ Schoch. „Yonaguni Enigmatic Underwater Monuments“ (1999). Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Schoch. „Yonaguni Enigmatic Underwater Monuments“ (1999). Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
- ↑ 9,0 9,1 Ryall. „Japan's Ancient Underwater "Pyramid" Mystifies Scholars“. National Geographic News (2007-yil 19-sentyabr). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „National Geographic News Photo Gallery: Asian "Atlantis" Shows Strange Structure“. 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
- ↑ 11,0 11,1 West. „Diving for Lemuria“ (1998). Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
- ↑ "Yonaguni, Japan". New Scientist 204 (2736): 41. 2009-11-25. doi:10.1016/S0262-4079(09)63140-7. Archived from the original on 2009-11-28. https://web.archive.org/web/20091128015636/http://www.newscientist.com/article/mg20427361.500-yonaguni-japan.html. Qaraldi: 2012-10-14.Yonaguni yodgorligi]]
- ↑ Wichmann, Wolf. „Zeugnis einer untergegangenen Hochkultur Asiens oder einfach nur ein Felsklotz im Meer?: Das Yonaguni-Monument“ (de). Spiegel Online (2003-yil 29-mart). Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
- ↑ Peet, Preston. Disinformation Guide to Ancient Aliens, Lost Civilizations, Astonishing Archaeology & Hidden History (en). Red Wheel Weiser, 2013. ISBN 978-1938875038.
- ↑ Nunn, Patrick D.. Vanished Islands and Hidden Continents of the Pacific. Honolulu: University of Hawaii Press, 2009 — 127-bet. ISBN 978-0-8248-3219-3.
- ↑ 尾方隆幸, 大坪誠 and 伊藤英之, 2020. 与那国島のジオサイト―台湾島を望む露頭が語る地形形成環境 (Geosites of Yonaguni Island Located at the Westernmost Points of Japan)(in Japanese). E-journal GEO, 15(1), pp.44-54
- ↑ Kimura, Masaaki. Mu tairiku wa Ryukyu ni atta (The Continent of Mu was in Ryukyu) (ja). Tokyo: Tokuma Shoten, 1991. ISBN 978-4195545874.
- ↑ Kimura. „沖縄の海底遺跡についての新知見 (New Information about Underwater Ruins in Okinawa)“ (ja) (2006-yil 23-may). Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
- ↑ "Yonaguni, Japan". New Scientist 204 (2736): 41. 2009-11-25. doi:10.1016/S0262-4079(09)63140-7. Archived from the original on 2009-11-28. https://web.archive.org/web/20091128015636/http://www.newscientist.com/article/mg20427361.500-yonaguni-japan.html. Qaraldi: 2012-10-14.Yonaguni yodgorligi]]
- ↑ Kimura, Masaaki. Yamatai Koku wa Okinawa Datta (Yamatai was Okinawa) (ja). Tokyo: Daisanbunmei-sha, 2010 — 200–204-bet. ISBN 978-4476033052.