Yordam:Maqola qanday yoziladi (intervikilar)

5. Intervikilar

Intervikilar bu Vikipediyadan boshqa tildagi Vikipediyalarga yoki boshqa vikiloyihalarga oʻtish uchun ishlatiladigan havolalardir.

Boshqa tillarga

Hozirda siz oʻzbekcha Vikipediyadasiz. Maqolangizning boshqa tildagi Vikipediyada yozilgan versiyasiga link qoʻymoqchisiz. Masalan, Mushuk maqolasidan inglizcha Cat sahifasiga oʻtish uchun sahifa ostiga bunday interviki qoʻyiladi:

[[en:Cat]]

Bu yerda: en — ingliz tili kodi, Cat — inglizcha Vikipediyadagi mushuk haqidagi maqola nomi.

Natijada sahifaning Boshqa tillarda degan qismida (chap tomonda) inglizcha Vikipediyadagi Cat maqolasiga havola paydo boʻladi. Agar havola u yerda emas, balki maqola ichida (Cat kabi) boʻlishini istasangiz, interviki boshiga ikki nuqta qoʻyasiz:

[[:en:Cat]]

2012-yil boshqa tillarga ishoratlarni yozish uchun maxsus sayt – Vikimaʼlumotlar (inglizcha: Wikidata) ochildi. Endilikda Vikipediyada yoritilgan har bir mavzu uchun Vikimaʼlumotlarda alohida sahifa yaratiladi. Agar oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqola boshqa tillarda mavjud boʻlsa, deraza chapidagi „ishorat qoʻshish“ tugmasini bosib, maqola mavjud boʻlgan til kodini (masalan, rus tili uchun ruwiki) yozib, maqolaning nomini oʻsha tilda yozish kerak. Soʻngra „bogʻlash“ tugmasi bosilsa, oʻzbek tilidagi maqola boshqa tillardagi maqolalarga ulanadi.

Boshqa loyihalarga

Intervikilar yordamida Vikimediyaning boshqa loyihalariga ham havola yaratish mumkin. Bunda til kodi oʻrniga oʻsha loyiha kodini yozish kerak. Masalan, Vikiombordagi sahifaga havola berish uchun [[commons:Cat]] yozish mumkin.


Oʻrganganlaringizni sinov sahifasida tekshirib koʻring
Keyingi mavzu: Munozara