Yordam:Texnik xizmat andozasini olib tashlash
Bu Vikipediyaning yordam sahifasidir. Unda Vikipediya qoidalari va amaliyotlarining ayrim jihatlari (aspektlari) yoki jarayonlari batafsil bayon etilgan. Bu Vikipediya qoida va koʻrsatmalaridan biri emas. Bu yerda turli konsensus va tekshirishlar aks ettirilishi mumkin. |
Qisqacha: Agar imkoningiz boʻlsa, texnik xizmat koʻrsatish andozalari qoʻyilgan muammolarni hal qilish orqali Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin! Vikipediyadagi barcha muammolar siz kabi koʻngillilarning saʼy-harakatlari tufayli hal qilinadi. Agar andozada keltirilgan muammoni tushunsangiz, masalan, undagi yordam havolalarini oʻqib yoki ushbu sahifa orqali tushuncha hosil qilib, muammoni oqilona hal qila olsangiz texnik xizmat koʻrsatish andozasini shunchaki olib tashlashingiz mumkin. Chunki bu turdagi andoza avtomatik ravishda oʻchirilmaydi. |
Qonuniy ishlovchi Vikipediya tahrirchilari hech qachon pul evaziga texnik xizmat koʻrsatish andozalarini olib tashlashni taklif qilmaydi. Batafsil maʼlumot uchun pulli tahrir firibgarligi sahifasini koʻring. |
Koʻpgina Vikipediya sahifalarida muammolarni koʻrsatuvchi texnik xizmat andozalari qoʻyiladi. Siz mazkur yordam sahifasiga texnik xizmat andozasidagi „Ushbu andozani qanday va qachon olib tashlash mumkinligini bilib oling“ degan havolani bosganingizdan soʻng oʻtgan boʻlishingiz mumkin.
Xizmat andozalari koʻngillilar tomonidan qoʻyiladi va oʻchiriladi. Ushbu yordam sahifasida bu turdagi andozalarni tekshirish va olib tashlash jarayoni tushuntiriladi.
Umumiy maʼlumot
tahrirXizmat andozalari (yoki „teglar“) avtomatik ravishda oʻchirilmaydi. Agar texnik xizmat andozasida keltirilgan muammo(lar)ni tuzatsangiz ham, andoza siz yoki boshqa birov qoʻlda olib tashlamagunicha maqolada qolaveradi. Oʻchirish sahifaning yuqori qismidagi yoki tegishli boʻlimdagi (agar siz tahrirlash rejimida boʻlmasangiz) „Tahrirlash“ yoki „Manbasini tahrirlash“ tugmasini bosish, tegishli andozani belgilab, oʻchirish va tahrirga izoh berib, chop etish orqali amalga oshiriladi.