Yorqishloq — Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi shaharcha (2009-yildan)[2]. Xoʻjaobod tumanining qarashli Doʻstlik, Toʻrobod, Faqirqishloq, Jalaquduq tumanining Beshtol, 9-boʻlim, Jumboz hamda qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining VLKSM, Alimtepa qishloqlari bilan chegaradosh.

Yorqishloq
Shaharcha
40°36′05″N 72°44′25″E / 40.60139°N 72.74028°E / 40.60139; 72.74028
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon
tuman Jalaquduq
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 171103 [1]
Yorqishloq xaritada
Yorqishloq
Yorqishloq

Shaharcha hududida 5 ta maktab, 3 ta DIMI va 4 ta Maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Shaharcha hududida yana Kiyim-kechak, buyum, dehqon bozori va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud. Shaharcha haqida Sohiba Hoshimovaning „Yorqishloq“ kitobi chop etilgan. Qishloqdan chiqqan shoir Muhammad Yusuf shogirdi Baxodir Xojimatov sheʼrlari butun respublikada mashhur[manba kerak]. Qishloqda koʻplab mevalar, poliz ekinlari yetishtiriladi. Qishloq „Andijonning Oltiarigʻi“ deb ataladi. Yetishtirilgan uzum, gilos va turli meva-sabzavotlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinadi[manba kerak].

Manbalar

tahrir