Yorugʻlik manbalari
Yorugʻlik manbalari - koʻrish sezgisi bilan idrok etiladigan elektromagnit toʻlqinlar (toʻlqin uzunligi, taxminan, 400 dan 750 mm gacha) manbalari. Yo. m. issiklik, elektr yoyi, elektr uchquni va gaz yoritqich manbalarga boʻlinadi. Yuqori trada qizdirilganda nurlanadigan mutlak kora jismlar (yorugʻlik etaloni), choʻgʻlanma elektr lampalar, Quyosh, yulduzlar va b. issiklik Yo. m.dir. Suyuq yoki, koʻpincha, gazsimon yonilgʻi alangasi issiklik Yo. m. ga yaqin. Infraqizil Yo. m. hosil qilish uchun alanga va choʻgʻlanish manbai uygʻunlashtiriladi. Elektr yoyi va elektr uchqunidan iborat Yo. m. spektral emission analizida muhim. Baʼzan, inert gazlar (neon, geliy, argon) muhitiga joylashtirilgan volfram sharchalar yoki volfram oʻtkazgichlar orasida elektr yoyi hosil qilinadi. Bular yoritqich lampalar sifatida ishlatiladi, ularning sirt ravshanligi juda yuqori (1800—2000 stilb). Gaz yoritqich manbalarda elektr toki gaz yoki metall bugʻlaridan oʻtganda elektr energiyasi yorugʻlik energiyasiga aylanadi. Bunday Yo. m. har xil bosim ostida gazlar (koʻpincha, inert gazlar) va ayrim hollarda oz miqdorda juda elastik metall (simob) bugʻlari bilan toʻldirilgan silindr, sferik va b. shaklli shisha kolbadan iborat boʻladi. Kolba ichidagi kavsharlangan elektrodlar orasida elektr razryadi hosil boʻladi. Gaz yoritqich lampalar uchga boʻlinadi: 1) past (0,2 dan bir necha mm sim. ust.gacha) bosimda gaz yoki metall bugʻi bilan toʻldirilgan gaz yoritqich lampalar, ularda asosiy nurlanish manbai atomlar (molekulalar) yoki rekombinatsiyalanuvchi ionlar; 2) yuqori (10,2 dan 15 atm gacha) bosimda gaz yoki metall bugʻi bilan toʻldirilgan lampalar — fotolyuminessensiya lampalari, ularda asosiy nurlanish manbai gaz razryadi bilan qizdirilgan lyuminoforlar; 3) oʻta yuqori (20 dan 100 atm va undan yuqori) bosimda gaz va metall bugʻlari bilan toʻldirilgan lampalar — elektr yoritqich lampalar, ularda asosiy nurlanish manbai gaz razryadi bilan qizdiriladigan elektrodlardir.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |