Yosh psixologiyasi - turli yosh dagi odamlar xususiyatlarini, bir yosh davridan boshqa yosh davriga oʻtishda ularning psixik rivojlanishini oʻrganuvchi psixologiya fani sohasi. Yo. p. odamning tugʻilganidan boshlab to keksaygunicha boʻlgan davr (ontogenez)da amalga oshadigan ruhiy rivojlanishi va shakllanishi bosqichlarini oʻrganadi. Yo. p. mustaqil fan sifatida 19-asrning oxirlarida shakllandi. Dastavval bolalar psixologiyasi sifatida yuzaga kelgan. Yo. p. uzoq vaqt bola ruhiy riyojlanishi mexanizmlarini oʻrganish bilan cheklanib kelgan, biroq insoniyat taraqqiyotining keyingi darajalari odam ontogenetik rivojlanishini yanada kengroq va chuqurroq oʻrganishni taqozo etganligi munosabati bilan bu fanning tadqiqot doirasi kengayib bordi. Hoz. vaqtga kelib Yo. p.ning bolalar psixologiyasi, yetuklik davri psixologiyasi, gerontopsixologiya (keksalik psixologiyasi) kabi sohalari farqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil