Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

(Yoshlar ittifoqidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi – 2017-yil 30-iyunda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot[1].

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
Shiori Yoshlar — kelajak bunyodkori
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 30-iyun
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Shavkat Mirziyoyev
Til(lar)i oʻzbekcha

Tashkilot tashkil etilgan sana – 30-iyun Oʻzbekistonda yoshlar kuni sifatida nishonlanadi[1][2].

2017-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-qavvatlash toʻgirisida“ farmoni qabul qilingan[3].

Aʼzolik

tahrir

Ittifoqqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 14 yoshga toʻlgan, lekin 30 yoshdan katta boʻlmagan shaxslar aʼzo boʻlishlari mumkin[4].

Manbalar

tahrir