Yosumanfolklor va yozma adabiyotda makkorlik ramzi boʻlgan salbiy personaj. Yosuman odatda aldov, qiyla bilan pok insonlarning hayotiga zomin boʻladi. Qiz bilan ota, ona bilan oʻgʻil, oshiq bilan maʼshuq orasiga nifoq soladi. Mas, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi yosuman yengilmas Farhodni hiyla bilan behush qilib, Hisrav huzuriga keltiradi. Yosuman afsona, ertak va dostonlarda jodugar, ayyor, makkor, hiylagar kampir nomlari bilan ham yuritiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil