Yovvoyi nasha (Cannabis ruderalis Janisch.) — tutdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, qobirgʻali, sershox, boʻyi 60—150 sm. Asosidagi barglari qaramaqarshi, yuqoridagilari ketmaket joylashgan, barmoqsimon kesikli. Erkak gullari yuqori shodalarida, urgʻochi gullari yuqoridagi barg qoʻltiqlarida joylashadi. Mevasi yongʻoqcha, iyun—sent.da gullab mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 2000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻlari mayda, 2—3° trada unib chiqadi. Nihollari aprelda koʻkaradi. Yevropa, Osiyo, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda tapqalgan. Sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi. Shuningdek, yoʻl yoqalari, dala uvatlari, bogʻlar, tashlandiq yerlarda uchraydi. Oʻrilgandan keyin tez usadi. Koʻpgina zararkunandalarga makon.

Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; ekishgacha tuproqqa ishlov berish.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil