Choʻpxina
(Yovvoyi xinadan yoʻnaltirildi)
Choʻpxina, yovvoyi xina (Impatiens parviflora) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tik, boʻgʻinlari yoʻgʻon, uchi shoxlangan, boʻyi 30—50 sm, popuk ildizli, tuksiz, nozik, chiroyli. Barglari oddiy, qisqa bandli, butun, tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari tishli. Gullari sariq, ikki jinsli, mayda, sachok toʻpgul hosil qiladi. Mevasi qalamsimon, boʻyi 15–20 mm, koʻp urugʻli. Ch. iyunda gullaydi, iyuldan to sentabrgacha mevalaydi. Togʻ va adirlarning nam va soya yerlarida, qoyalarning yoriqlarida, daraxtlar tagida oʻsadi. Toshkent, Fargʻona, Samarkand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida voha va bogʻlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ch.dan boʻyoq olinadi.
Choʻpxina | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |