Alison Yu Chui Yee (xitoycha: 余翠怡 ; 1984-yil 29-martda tugʻilgan) Gonkonglik nogironlar aravachasi qilichbozi. U 11 yoshida suyak saratoni bilan kasallangan va chap oyogʻining amputatsiyasiga olib kelgan. Yu Chui Yee suzish bilan shugʻullangan, ammo 17 yoshida qilichbozlikka oʻtgan. 2004-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u epe va folga boʻyicha individual va jamoaviy bahslarda toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yu Chui Yee 2004-yilda qilichbozlik boʻyicha A toifasida toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi. 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Yu Chui Yee yana Gonkong vakili sifatida bahslarda qatnashdi, ammo jamoaviy oʻyinlar bekor qilingani uchun u faqat bitta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi[1].

Yu Chui Yee
Medal soni
Ayollar nogironlar aravachasida qilichbozlik
Gon Kong bayrogʻi Gonkong vakili
Parolimpiada oʻyinlari
Oltin 2004 Afina 2004 Afina individual
Oltin 2004 Afina jamoaviy
Oltin 2004 Afina Individual épée A
Oltin 2004 Afina Team épée
Oltin 2008 Pekin Individual foil A
Oltin 2012 London Individual foil A
Oltin 2012 London Individual épée A
Kumush 2008 Pekin Individual épée A
Kumush 2016 Rio de Janeyro Individual épée A
Kumush 2016 Rio de Janeiro ayollar epee jamoasi
Bronza 2012 London ayollar jamoasi

Sportdagi faoliyati

tahrir

Yu Chui Yee oʻzining Paralimpiya oʻyinlaridagi debyutini 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Gonkong sharafini himoya qilgan vaqti amalga oshirdi. Yu nogironlar aravachasida qilichbozlik boʻyicha A toifasidagi individual folga, jamoaviy folga, individual épée va jamoaviy épee yoʻnalishlari boʻyicha toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi va qilichbozlik boʻyicha toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi[2].

2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Yu individual folga toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi va A individual epée toifasida Xitoy vakili Zhang Chuncui undan ustun kelganligi sabbali kumush medalni qoʻlga kiritdi[3]. Biroq, London 2012 Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Yu individual epée A toifasida ham, A individual folga toifasida ham oltin medallarga sazovor boʻldi. Shuningdek, u jamoadoshlari Chan Yui Chong va Fan Pui Shan bilan birga ochiq toifadagi jamoaviy epeeda bronza medaliga loyiq koʻrildi[4].

2016-yilgi Rio Paralimpiya oʻyinlarida Yu jamoadoshlari Chan Yui Chong va Ng Justine Charissa bilan A toifasida yakka tartibda va jamoaviy epeeda kumush medalga sazovor boʻldi.[5]

Shaxsiy hayoti

tahrir

7 ta Paralimpiada oʻyinlarida oltin medalini qoʻlga kiritishdan tashqari, Yu Chui Yee radio boshlovchisi, paralimpiya harakatining rasmiy veb-saytida sharhlovchi va hatto yosh bolalar va oʻsmirlar uchun qilichbozlik sport akademiyasining hammuassisi hisoblanadi. Boʻsh vaqtlarida Yu oʻzining suzuvchi, yuguruvchi ekanligini va hatto suvda shoʻngʻish va paraplan bilan shugʻullanishni rejalashtirayotganini aytdi[6].

2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlaridagi debyutidan soʻng Yu Xitoydagi Gonkong universitetining geografiya va resurslarni boshqarish boʻlimiga oʻqishga qabul qilindi va u yerda sport fanlari boʻyicha magistr darajasini oldi[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Chui Yee Yu“. Paralympic.org. International Paralympic Committee.
  2. „Wheelchair Fencing at the Athens 2004 Paralympic Games“. Paralympic.org. Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. „Wheelchair Fencing at the Beijing 2008 Paralympic Games“. Paralympic.org. Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „Wheelchair Fencing at the London 2012 Paralympic Games“. Paralympic.org. Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. „Wheelchair Fencing at the Rio 2016 Paralympic Games“. Paralympic.org. Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  6. 6,0 6,1 „Crossing Swords with Fate—Alison Yu conquers the unconquerable“ (inglizcha). 香港中文大學 The Chinese University of Hong Kong. Qaraldi: 26-fevral 2019-yil.