Yukatan — Meksikadagi shtat, Yukatan yarim orolning shim. qismida. Maydon 39,3 ming km². Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Merida shahri Relyefi ohaktoshlardan tuzilgan tekislik, bal. 250 m gacha boʻlgan qirlar uchraydi. Suv bilan taʼminlashda karst quduklarning ahamiyati katta. Iqlimi tropik iklim, yillik yogʻin 900 mm, janubida 1200 mm gacha. Shimolida barg toʻkuvchi tropik, janubida doim yashil moʻʼtadil nam oʻrmonlar bor. Iqtisodiyotining asosini plantatsiya xoʻjaliklari tashkil etadi. Xeneken tolasi eksport qilish uchun agava oʻstiriladi. Shuningdek, makkajoʻxori, sholi, dukkaklilar, shakarqamish, tamaki ekiladi, banan plantatsiyalari bor. Toʻqimachilik (xeneken tolasini qayta ishlash), oziq-ovqat va metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Turizm rivojlangan. Yu. hududida mayya xalqining koʻplab madaniy yodgorliklari saqlangan.[1]

Yukatan
ispancha: Yucatán

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 106 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Merida
Yirik shahari Merida
Asos solingan sanasi 1824, 14-oktabr
Gubernator Ivonne Ortega Pacheco, PRI PRI с 01.08.2007
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 1 955 577
Zichligi 49,71 kishi./km²
Millatlar tarkibi Mayya yukateko, metislar, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (84,3 %), protestantlar va evangellar (8,4 %), boshqa nasroniylar(3 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (3,5 %).
Maydoni 39 340 km² (20-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 210 m
Kengligi 21º 36' — 19º 32'º N
Uzunligi 88º 32' — 90º 25'º E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-YUC
Pochta indeksi Yuc.
Rasmiy sayti http://www.yucatan.gob.mx/
Xaritada
Yukatan xaritada
20°50′0″N 89°0′0″W / 20.83333°N 89.00000°W / 20.83333; -89.00000
Yucatan

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil