Yulduz Rajabova (1989-yil 23-dekabrda tugʻilgan) oʻzbek[1] hamda turk film va teatr aktrisasidir. U Sotqin filmidagi roli ortidan shuhrat qozongan. U Oʻzbekiston Respublikasi Shuhrat medali sovrindoridir.[2]

Yulduz Rajabova
Tavalludi 23-dekabr 1989-yil (1989-12-23) (34 yosh)
Kasbi Aktrisa

Hayoti

tahrir

Rajabova 1989-yil 23-dekabrda Oʻzbekistonning Navoiy shahrida tugʻilgan. Uning onasi uy bekasi, otasi esa jurnalist boʻlib, bir akasi bor. Rajabova bolaligida sanʼatga qiziqishi bois Navoiy shahridagi Farhod nomli madaniyat saroyidagi raqs toʻgaragiga qatnashgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, tarjimon boʻlish niyatida chet tillarini oʻrganishni boshlagan. Lekin bu sohada ishlamagan.

Ijodiy faoliyat

tahrir

Keyinchalik Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat oliygohida tahsil olgan. Rajabova oʻz ijodiy faoliyatini shu oliygoh qoshidagi teatrda boshlagan. Keyinchalik videokliplardagi ishtiroki bilan tanila boshlagan. Aktrisa 2013-yilda Said Muxtorovning Xazon nomli qisqa metrajli filmida ilk bor suratga tushdi. U faoliyati davomida bugungacha Turist (2013), Yuragimdasan (2018), Oyqiz ertagi, Maqsad (2018) Scorpion (2018), Yolgʻon girdobi (2018) kabi filmlarda va Mendirman Jaloliddin nomli serialda suratga tushdi. Rajabova „Diydor“ teatr studiyasining mahoratli aktrisasi hamdir.[3]

Yulduz Rajabova turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan Mendirman Jaloliddin serialida Qutlibeka obrazini gavdalantirmoqda. Shuningdek, u Oscar mukofotiga tavsiya etilgan Faridaning ikki ming qoʻshigʻi filmida ham bosh rolni ijro etgan.[4]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir