Yulduz xaritalari — yulduzlar osmoni yoki uning bir qismi xaritasi. Osmon qoʻshni qismlari yoki baʼzi qismlarining yulduz xaritalari yu l duz atlaslari deb ataladi. Yulduz xaritalari kerakli yulduzlarga teleskopni toʻgʻrilash, yulduz kataloglarida berilgan yulduzlarni osmonda yoki astrofotografiyada topish, sayyora, kometa va oʻzgaruvchan yulduzlarni ularning koordinatalariga asosan osmonda izlash uchun qoʻllanadi. Yulduz xaritalaridan vizual kuzatish natijasida topilgan osmon jismlari (Yer sunʼiy yoʻldoshlari)nknt taqribiy koordinatalarini aniklashda ham foydalaniladi. Yulduz xaritalari, odatda, ekvatorial koordinatalar sistemasida berilgan koordinata toʻriga asoslanib tuziladi. Yulduz xaritalari osmonning shim. va jan. yarim sharlari uchun ular qoʻlda chizilgan yoki suratga olingan boʻladi. Eng qadimiy Yulduz xaritalari 13-asrda yaratilgan. Bundan oldin, asosan, yulduz globuslari qoʻllangan.

Yulduzlar, asosan, globuslarda turli shakllar yoki yunon hamda rimliklar mifologiyasidan qahramonlar (Persey, Gerkules va boshqalar), shuningdek, moddiy xoʻjalik hayoti bilan bogʻliq (Qoʻzi va boshqalar) nomlarda tasvirlangan. Bu shakllar yulduz turkumlari deb nomlanib, osmonning muayyan qismini egallagan. Astronomiya tarixida Bayer (1603), Geveliy (1690), Flemstida (1729) va boshqalarning yulduz atlaslari muhim ahamiyatga ega boʻlib, asosan, 6vizual yulduz kattaligigacha boʻlgan yulduzlarni oʻz ichiga oladi. 19-asrga kelib, fotografiyani astronomiyaga qoʻllanishi tufayli Yulduz xaritalari osmonning fotosuratlari yordamida tuzila boshlandi.

20-asrda rus astronomi A.A.Mixaylov tuzgan 20 ta xaritadan iborat atlasi osmonning Janubiy va Shim. yarim sharidagi 6,5yulduz kattaligidagi barcha yulduzlarni oʻz ichiga oladi. 1954—67 yillarda AQSH milliy geografik jamiyati bilan Palomar rasadxonasida yaratilgan fotosuratli atlas eng toʻliq hisoblanadi. U 21kattalikkacha boʻlgan 1 mlrd. dan ziyod yulduzni oʻz ichiga oladi. Bu noyob atlasning bir nusxasi Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida saqlanadi.

Qad. atlaslarda yulduz turkumlarining badiiy tasviri gʻoyat chiroyli boʻlib, ulardan eng ajoyibi Yan Geveliyning atlas hisoblanadi (Gdansk shahri 1690). Bu atlas 1900 ta yulduzni oʻz ichiga olgan 54 ta xaritadan iborat. Atlasning bir nusxasi Oʻzbekiston FA Astronmiya institutida saqlanadi va u V.P.Shcheglov tahriri ostida 3 marta qayta nashr qilindi (1968, 1970 va 1978). Uchala nashrda ham Ulugʻbek rasadxonasi tarixiga oid Gʻarb va Sharq olimlarining ilmiy maqolalari keng yoritilgan kirish maqolasi berilgan. Bundan tashqari, 3nashrda yulduz toʻdalari nomlarining kelib chiqishiga oid maqola ham bor. Atlasning matn qismi oʻzbek, rus va ingliz tillarida bayon etilgan. Atlas 1977 yil Tokioda yapon tilida ham nashr qilindi.