Yulduzingni ber osmon

1995-yilda suratga olingan oʻzbek filmi

Yulduzingni ber osmon“ (yoki Yulduzingni ber, osmon) – 1995-yilda suratga olingan oʻzbek filmi. Film Farid Davletshin rejissorligida suratga olingan[1].

„Yulduzingni ber osmon“
Rejissyor(lar) Farid Davletshin
Ssenariynavis(lar) Valeriy Gusev
Aʼlo Xoʻjayev
Rollarda Dilorom Egamberdiyeva
Karim Mirxodiyev
Furqat Fayziyev
Sofiya Sobitova
Bastakor(lar) Anvar Ergashev
Operator(lar) Hotam Fayziyev
Chiqarilgan sanasi 1995-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Mavzusi

tahrir

Mashhur xonanda uning badiiy rahbari oʻrtasidagi ichki munosabat va kechinmalari filmda aks etgan[2].

Fikrlar

tahrir

Filmda bosh rollardan birining obrazini ijro etgan Karim Mirxodiyev filmda yaratgan obrazi borasida quyidagi fikrlarni aytgan:

„Yulduzingni ber, osmon“dan to eng oxirgi rollarimgacha – oʻzim. Hammasida Karim Mirxodiyev boʻlib oʻynadim. „Yulduzingni ber, osmon“ filmini tomosha qilib, Bernora Qorieva „Men haqiqiy erkakni koʻrdim!“ deya yuksak baho bergan. Butkul emas-u, menga yaqini – shu obraz. Albatta, hech kim meni takrorlamaydi, men ham hech kimga taqlid qilmayman.

Soundtrektlari

tahrir

Film uchun asosiy soundtrek Nasiba Abdullayeva tomonidan kuylangan „Yulduzingni ber osmon“ qoʻshigʻi edi. Shu bilan birga, xonanda Akbarali Ochilov ijrosida kuylangan „Kelasanmi derdim“ taronasi film ramziga aylangan.

Manbalar

tahrir
  1. „O‘zbekiston Kinematografiya agentligi“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  2. NTRK.TV, Фильмы » Юлдузингни бер осмон (ruscha), qaraldi: 2024-02-04