Yulduzli osmon – tunda osmon gumbazida koʻrinadigan yoritqichlar toʻplami. Osmonning tungi yarmisida oddiy koʻz bilan taxminan 2,5 mingta yulduzni (yulduz kattaligigacha) koʻrish mumkin, ularning koʻpchiligi Somon yoʻli va uning yaqinida joylashgan. Gʻaroyib yulduzlar turkumi bor. Teleskopdan foydalanib koʻproq yulduzlarni koʻrish mumkinki.

Osmon gumbazidan zarur yulduzlarni topishni osonlashtirish uchun Yulduzli osmon ni har bir sohadagi eng ravshan yulduzlarini toʻgʻri chiziqlar bilan biror shaklga oʻxshatib xayoliy tushuntirib, yulduz turkumlari deb nomlanuvchi sohalarga taqsimlash mumkin (qarang Yulduzlar). Turkumlarning nomlari qisman yunon afsonalari (mas, Andromeda, Persey, Pegas), qadibmiy xalqlarning dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik (Hoʻkizboqar, Baliq, Quyon, Oʻqyoy) nomlari bilan bogʻlangan. Keyinchalik ularga texnika rivojlanishi bilan bogʻliq nomlar berila boshlandi (mas, Sekstant, Mikroskop). Hozir jami 88 ta yulduz turkumlarining nomlari bor, ularning orasidagi chegaralar 1930-yilda Xalqaro astronomik kengash tomonidan tasdiqlangan. Yulduz turkumlaridagi ravshan yulduzlar, odatda, yunon harf va sonlari bilan belgilanadi. Ayrim yulduz turlari maxsus belgilarga ega (mas, oʻzgaruvchan yulduzlar kichik lotin harflari bilan belgilanadi). Bir qator yulduzlar xususiy nomlariga ega (Altoir, Arktur, Vega, Sirius). Yulduzlarning koʻpchiligi esa ushbu yulduz haqida maʼlumotlar berilgan jadval (katalog) nomi va undagi tartib soni bilan belgilanadi.

YU.o.da, yulduzlar toʻdasi, yulduz assotsiatsiyalari, galaktik tumanliklar, galaktikalar, kvazarlar, galaktikalar toʻdalari va boshqalarni; Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlar: sayyoralar, sayeralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kometalar, sunʼiy kosmik obʼyektlarni; Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlargsh kuzatish mumkin. Yerning oʻz oʻqi atrofida, shu bilan birga, Quyosh atrofida aylanishi sababli, osmon gumbazining sutkalik koʻrinma harakatlanishi hamda Quyoshning yulduzlararo yillik koʻrinma siljishi tufayli yulduzli osmon koʻrinishi muntazam oʻzgarib turadi.