Yunus Rajabiy (metro bekati)
Yunus Rajabiy - Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻli bekatlaridan biri. Shu bekatdan Chilonzor yoʻlining Amir Temur xiyoboni bekatiga oʻtiladi.[1][2] Taniqli bastakor Yunus Rajabiy sharafiga nomlangan. Bekat Toshkent metropolitenining eng chuqur (24 metr) bekati hisoblanadi. 2 vestibyul, 1 platformadan iborat. Suv toshqinini oldini olish uchun 19 ta drenaj quvurlari o'tkazilgan.
«Yunus Rajabiy» Юнус Раджаби | |
---|---|
Ochilish sanasi | 26-oktyabr 2001-yil |
Nom loyihalari | «Первомайская» |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek tumani |
Turi | Kolonnali |
Chuqurligi | 24 metr |
Platformalar soni | 1 |
Platformalar uzunligi | 102 |
Koʻchalarga chiqish | Mustaqillik shoh koʻchasi |
Bekatlarga oʻtish | Amir Temur xiyoboni (metro bekati) |
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Станция Юнуса Раджаби на сайте «Ташкентское метро».
- ↑ Юнусабадская линия на сайте «Ташкентское метро».