Muhammadjon Yunusov
Muhammadjon Sobirovich Yunusov (1932.5.1 — Oʻsh viloyati, Jalolobod shahri — 2002.15.10) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), fizikamat. fanlari doktori (1981), professor (1983). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1955-yildan), laboratoriya mudiri (1971—78, 1982—83), tajriba zavodiga ega boʻlgan maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1978—79, 1988—89), direktor oʻrinbosari (1979— 82), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Fizika—Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (1987— 88), Toshkent elektrotexnika aloqa institutida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1983—88). Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarimoʻtkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli koʻrinishdagi energiyalar va chuqur kirib boruvchi nurlar taʼsir etganda ularda yuz beradigan elektr jarayonlarni tekshirishga bagʻishlangan. Yu. boshchiligida qishloq xoʻjaligi uchun oʻta muhim va istiqbolli boʻlgan masala — maxsus aralashmalar bilan boyitilgan yarim oʻtkazgichlarda radiatsion jarayonlarni oʻrganish asosida qator ilmiy yechimlar ishlab chiqildi. Axad. P. Q. Habibullayev bilan hamkorlikda Yu. gʻoʻza urugʻini ekish oldidan fizik taʼsirdan oʻtkazish yoʻli bilan paxta hosilini oshirish masalasini hal qildi.
Manbalar
tahrir- Fizicheskiye yavleniya v kremnii, legirovannom elementami platinovoy grushsh, T., 1983; Elementarnne atomnne protsessi i elektronnaya struktura defektov v poluprovodnikax (v soavtorstve), T., 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |