Hasana Yunusova
Yunusova Hasana Ahmadjonovna (1918.31.12, Namangan) — infeksionist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari doktori (1955), professor (1956). Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya fakultetini tugatgach (1938), shu institut gospital pediatriya klinikasida ordinator (1938—39), yuqumli kasalliklar kafedrasida aspirant (193942), assistent (194244; 194651). Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani vrachlik uchastkasi mudiri (1944— 46). Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar yuqumli kasalliklari (1954—72), keyinchalik shu institut yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri (1972-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, brutsellyoz, oʻlka patologiyasiga, Oʻzbekiston sharoitida yuqumli kasalliklarning oʻziga xos kechishi va bu kasalliklarning rivojlanishini oʻrganishga, ularning diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish va boshqalarga oid.
Manbalar
tahrir- Vaksinoterapiya pri brutsellyoze, T., 1958; Bolezn Botkina u detey, T., 1970; Virusnne infeksii u detey, T., 1975.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |