Yurak so'rg'ichsimon mushaklari
Soʻrgʻichsimon muskullar yurak qorinchalarida joylashgan mushaklar. Ular boʻlmacha va qorinchalar orasida joylashgan ikki tabaqali (mitral) va uch tabaqali qopqoqlar bilan paysimon ipchalar orqali birikadi va bu qopqoqlarning sistolasi (qorincha qisqarishi) inversiyasi yoki prolapsasini oldini olish uchun qisqaradi[1]. Soʻrgʻichsimon mushaklar umumiy yurak massasining taxminan 10% ni tashkil qiladi[2].
So'rg'ichsimon mushaklar | |
---|---|
lotincha: Musculus papillaris | |
Kataloglar | |
| |
Yurak so'rg'ichsimon mushaklari |
Tuzilishi
tahrirYurakda jami beshta soʻrgʻichsimon mushaklar mavjud; 3 tasi oʻng qorinchada va 2 tasi chapda qorinchada. Oʻng qorinchaning oldingi, orqa va toʻsiq sohalari soʻrgʻichsimon mushaklari paysimon ipchalar orqali uch tabaqali qopqoqga birikadi. Chap qorinchaning old-yon va orqa-oʻrta soʻrgʻichsimon mushaklari paysimon ipchalar orqali mitral qopqoqqa birikadi[3].
Qon bilan taʼminlanishi
tahrirChap qorinchadagi ikki tabaqali qopqoq (mitral klapan) soʻrgʻichsimon mushaklari old-yon va orqa-oʻrta mushaklar deb ataladi[4]
- Old-yon mushaklarning qon bilan taʼminlanishi: chap oldingi tushuvchi arteriya — diagonal shox (LAD) va chap qaytuvchi arteriya — oʻtmas chekka shox (LCX)
- Orqa-oʻrta mushaklarning qon bilan taʼminlanishi: oʻng tojsimon arteriya — orqa qorinchalararo arteriya (RCA)
Orqa-oʻrta mushak tez-tez yorilib ketadi. Chunki u faqat bitta qon tomir bilan taʼminlanadi. Shuning uchun oʻng tojsimon arteriya — orqa qorinchalararo arteriya yopilib qolishi soʻrgʻichsimon mushaklarning yorilishiga olib keladi[4].
Funksiyasi
tahrirOʻng va chap qorinchalarning soʻrgʻichsimon mushaklari qorincha qisqarishidan biroz oldin qisqarishni boshlaydi va butun taranglikni saqlaydi[1]. Bu boʻlmacha va qorinchalararo qopqoqlarni prolapsiga qarshi mustahkamlab, qorinchalardagi yuqori bosim taʼsirida qorincha qonining orqaga qaytishi yaʼni qorincha boʻshliqlariga orqaga qaytishini oldini oladi[1].
Klinik ahamiyati
tahrirSoʻrgʻichsimon mushaklarni yorilishi miokard infarktiga sabab boʻladi va ishemiya tufayli funksiyasi buziladi. Ikkala asorat ham ikki tabaqali qopqoq (mitral klapan) yetishmasligiga olib keladi[5].
Qoʻshimcha rasmlar
tahrir-
Yurak kameralari ochilib so'rg'ichsimon mushak va paysimon ipchalar ko'ringan
-
So'rg'ichsimon mushak infarkti.
-
So'rg'ichsimon mushaklar va paysimon ipchalar.
-
So'rg'ichsimon mushaklar va paysimon ipchalar.
-
So'rg'ichsimon mushaklar. Chuqur kesmasi.
Yana qarang
tahrir- Trabeculae carneae
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Clinically Oriented Anatomy, 3rd, Baltimore: Lippincott Williams & Wilkins, 2007 — 92, 94-bet. ISBN 978-0-7817-6274-8.
- ↑ Fung, Yuan-Cheng (1998-yil fevral). „BIOMECHANICS“. SHOCK. 9-jild, № 2. 155-bet. doi:10.1097/00024382-199802000-00018. ISSN 1073-2322.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Netter’s Atlas of Human Anatomy, plates 216B and 217A
- ↑ 4,0 4,1 Fradley, M. G.; Picard, M. H. (7-mart 2011-yil). „Rupture of the Posteromedial Papillary Muscle Leading to Partial Flail of the Anterior Mitral Leaflet“. Circulation. 123-jild, № 9. 1044–1045-bet. doi:10.1161/CIRCULATIONAHA.110.984724. PMID 21382906.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Elizabeth D Agabegi. Step-Up to Medicine (Step-Up Series). Hagerstwon, MD: Lippincott Williams & Wilkins, 2008 — 40-bet. ISBN 978-0-7817-7153-5.
Havolalar
tahrir- Anatomy photo:20:19-0106 at the SUNY Downstate Medical Center} — „Heart: The Right Atrioventricular (Tricupsid) Valve“ (anterior, posterior, septal papillary muscles)
- Anatomy photo:20:26-0105 at the SUNY Downstate Medical Center — „Heart: The Left Atrioventricular (Mitral) Valve“ (anterior, posterior papillary muscles)
- Atlas image: ht_rt_vent at the University of Michigan Health System} — „Right atrioventricular bundle branch, anterior view“
- Definition of Papillary muscle (Wayback Machine saytida 2012-10-01 sanasida arxivlangan)
- MedicineNet Search Results