Yurayotgan odam I
Yurayotgan odam I (fransuzcha: L'Homme qui marche I) — balandligi 183 sm boʻlgan bronza haykal, mashhur shveytsariyalik usta Alberto Jakomettining ishi. Yurayotgan odam tasvirlangan haykal 1961-yilda yaratilgan. Bu ushbu mavzudagi haykallar seriyasining birinchi versiyasi boʻlib, Jakomettining eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi.
2010-yil 3-fevralda haykal Londondagi Sotbis auksionida haykallar uchun rekord darajadagi 65 million funt sterlingga (104 327 000 dollar)[1][2] sotildi. Haykalning egasi Villa Leopoldda yashovchi braziliyalik bankir Edmond Safraning bevasi Lili Safra boʻldi[3].
„Yuruvchi odam“ haykali „Temir odam 2“ filmi kadrida mavjud.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Rambler.ru — «Шагающий человек» установил абсолютный рекорд на аукционе“. 2010-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-fevral.
- ↑ „ИТАР-ТАСС — Скульптура «Шагающий человек»“. 2010-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-fevral.
- ↑ Rachel Lee Harris. „Buyer of Giacometti Sculpture Is Revealed“ (en). The New York Times (2010-yil 28-fevral). 2010-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.