Yuriy Vasilyevich Basov (ruscha: Басов, Юрий Васильевич; 1951-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) – sovet sobiq futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Yuriy Basov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Vasilyevich Basov
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1951-yil (1951-10-03) (73 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971—1979 Paxtakor 169 (2)
1979—1980 Boʻston 38 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Toshkentning „Paxtakor“ sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy S.Arutyunov hisoblanadi[1]. Yuriy 1971-yil 2-mayda, SSSR Oliy ligasining 5-turi doirasida SSKA jamoasiga qarshi uy uchrashuvida (1:3), 55-daqiqada Ravshanbek Yunusovni oʻrniga maydongga tushgan. Yuriy navbatdagi oʻyinini 5-noyabr kuni, mavsumdagi ikkinchi oʻyinni oʻtkazdi. Soʻnggi turda „Paxtakor“ „Shaxtyor“ jamoasi ustidan gʻalaba qozongan, ammo baribir birinchi ligaga tushib ketgan. 1973-yilgi mavsumda Basov 11 ta „mavsumning eng yaxshi debyutantlari“ roʻyxatiga kiritilgan. U jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1979-yil 21-martda SSSR kubogi doirasida „Pomir“ga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazgan. Yuriy bu vaqt ichida SSSR chempionatlarida 169 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan (82 ta oʻyin, oliy ligada bitta gol). 1979-yilning may oyidan Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safida SSSR ikkinchi ligasida oʻynagan. 1980-yil fevral – mart oylarida u SSSR Kubogida uchta oʻyin oʻtkazgan, aprelda SSSR ikkinchi ligasida chempionatida uchta oʻyin oʻtkazgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.

1980-yillarda Ikkinchi liga oʻyinlarida hakam boʻlib ishlagan[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir