Yuriy Izrael
Ushbu sahifani Yuriy Isroil bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Yuriy Antoniyevich Izrael – sovet va rus meteorologi, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi (1994, 1974-yildan beri SSSR Akademiyasi muxbir aʼzosi). CNN maʼlumotlariga koʻra, Vladimir Putinning prezidentlik davridagi eng nufuzli ilmiy maslahatchisi boʻlgan[1], ammo Izraelning oʻzi bu bayonotni rad etgan[2].
Yuriy Izrael | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
15-may 1930-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
23-yanvar 2014-yil Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi |
![]() |
Ilmiy darajasi | Fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Izrael 1969–1972-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Amaliy geofizika institutiga va 1974–1991-yillarda SSSR Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish davlat qoʻmitasiga (1978-yilgacha SSSR Vazirlar Soveti Gidrometeorologiya xizmati bosh boshqarmasi) rahbarlik qilgan. Yuriy1990–2011-yillarda Global iqlim va ekologiya instituti (Roshidromet va RAS IGCE) asoschisi va birinchi direktori boʻlgan.
U Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo komissiya raisining oʻrinbosari[3] va WMO vitse-prezidenti ham boʻlib faoliyat yuritgan.
SSSR Oliy Kengashi deputati (1979–1989), KPSS aʼzosi (1981–1990).
Biografiyasi
tahrirYuriy Antoniyevichning xotiralariga koʻra, uning otasi Antoniy Ivanovich Izrael Estoniyada Vilyandi shahri yaqinida tavallud topgan, millati eston boʻlgan. 1914-yilda Birinchi jahon urushiga ketgan va inqilobdan keyin harbiy tibbiyot institutini tamomlagan. Petrograd akademiyasida shifokor boʻlib ishlagan. Antoniy Ivanovich 1932-yilda kasallik tufayli demobilizatsiya qilingan va Oʻrta Osiyo Davlat universitetida ish boshlagan. Qisqa muddatda odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasini boshqargan. Onasi, Antonina Stepanovna Shatalina, millati rus boʻlgan. 1925-yilda Saratov universitetini tugatgandan soʻng, Toshkentda ish boshlagan. Keyinchalik Antonina Shatalina Oʻrta Osiyo davlat universitetida ishlagan va 1944-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildan. Antoniy Izrael rahbarlik qilgan kafedrada professor lavozimida ishlagan[4].
Tanqid
tahrirIzrael Chernobil AESdagi avariya vaqtida Gidrometeorologiya davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Shuningdek, uning rahbarligi davrida SSSRda havoning ifloslanishi misli koʻrilmagan darajaga yetgani uchun tanqidlarga uchradi. 2004-yilda „Nature“ jurnalida chop etilgan maqolada Quirin Schiermeier va Bryon MacWilliams Yuriyni „qazib olinadigan yoqilgʻi kommunisti“ deb atashgan.
Bibliografiyasi
tahrir400 dan ortiq ilmiy ishlar[5], shu jumladan 24 ta monografiya yozgan. Ulardan yettitasi xorijiy tilga tarjima qilingan va nashr etilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Novak, Robert „The Russian didn't bark“ (en). CNN. 2012-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Why Did IPCC’s Yuri Izrael Speak at the Anti-IPCC Conference In New York?“. 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Кто есть кто в IPCC“. 2009-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-sentyabr.
- ↑ Израэль 2009.
- ↑ „Институт глобального климата и экологии Росгидромета и РАН“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „Медведев назвал уход из жизни академика РАН Израэля невосполнимой потерей / Новости культуры / Tvkultura.ru“. 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.