Yuriy Melashenko
Yuriy Mixaylovich Melashenko (1970-yil 21-aprel, Chernigov, Ukraina SSR) – ukrainalik futbolchi, darvozabon. Faoliyatining asosiy qismini Chernigovning „Desna“ va Chernivtsining „Bukovina“ klublarida oʻtkazgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yuriy Mixaylovich Melashenko | ||
Tavallud sanasi | 21-aprel 1970-yil | ||
Tavallud joyi | Chernigov, Ukraina SSR | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon |
Futbolchilik faoliyati
tahrirYuriy Melashenko 17 yoshida oʻzi tugʻilib oʻsgan shahri, Chernigovning „Desna Chernigiv“ klubi futbolchisiga aylanadi. Bu jamoada uch mavsum davomida toʻp surgan va 1988-yilda Sovet ikkinchi Ligasida ishtirok etgan. 1991-yilgi mavsumda jamoada asosiy darvozabonga aylanadi.
1994-yilda Krivbas uchun Ukraina Oliy ligasida 2 oʻyin oʻtkazdi. 1995-1999-yillarda „Bukovina“ da oʻynagan. 4 mavsum davomida birinchi ligada 113 ta oʻyinda maydonga tushadi. 2000-yilda „Desna“ ga qaytib va klubda 3 mavsum oʻynagan. Hammasi boʻlib „Desna“ da 203 ta oʻyin oʻtkazgan.
2002—2003-yilgi mavsumda birinchi ligada oʻynagan „Prikarpatye“ (Ivano-Frankivsk) va „Sokol“ (Zolochiv). Soʻnggi professional klubi 2003-yilda Oʻzbekiston chempionatida 3-oʻrinni egallagan „Navbaxor“ boʻlgan.
Yutuqlari
tahrir- Bukovina
- Desna
- Navbahor
Oilasi
tahrirOʻgʻli Sergey Melashenko ham futbolchi, „Desna“ jamoasida darvozabon sifatida toʻp surgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „«Десна» подписала сына известного черниговского голкипера“. Высокий Вал (2016-yil 16-avgust). 29 травня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
Havolalar
tahrir- Yuriy Melashenko Desna saytida
- Yuriy Melashenko allplayers.in.ua saytida
- Yuriy Melashenko FootballFacts.ru saytida (ruscha)