Yusuf Akobirov
Yusuf Akobirov (1937-yil 1-oktabr, Buxoro viloyati, SSSR — 2011-yil 12-oktabr, Dushanbe, Tojikiston) — tojik adibi, SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1980) va Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi (1963) mukofoti sovrindori. Abu Abdulloh Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti (1980), Tojikiston faxriy aʼzosi (1997), Tojikiston xalq yozuvchisi (2001)[1].
Yusuf Akobirov | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil 1-oktabr |
Vafoti |
2011-yil 11-oktabr Dushanbe Tojikiston |
Yoʻnalish | Yozuvchi |
Biografiyasi
tahrirYusuf Akobirov 1937-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Soʻktare (hozirgi Sadriddin Ayniy) qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugʻilib oʻsgan shahrida tamomlagach, V. I. Lenin nomidagi Tojikiston Davlat universitetining tojik filologiyasi fakulteti tamomlagan (1959). Keyin bir muddat „Sadoi Sharq“ oylik gazetasida boʻlim mudiri, 1960—1961-yillarda kinoyozuvchilar oliy kursi talabasi (Moskva), „Sovet Tojikistoni“ adabiy xodimi. „Sadoi Sharq“ oylik gazetasi mas’ul kotibi (1971—1974), Tojikiston Davlat adabiyot qoʻmitasi mukofoti mas’ul kotibi (1978), 1980—1981-yillar Afgʻoniston Demokratik Respublikasida tarjimonlik qilgan.
Oʻlimi
tahrirYusuf Akobirov 2011-yil 12-oktyabrda vafot etgan.
Ijodi
tahrirU talabalik chogʻlaridayoq yozuvchilik bilan shugʻullangan, 1958-yilda Xo‘jand davlat teatrida sahnalashtirilgan „Rudakiy“ dramasini yozgan. Soʻngra „Osiyo toʻxtaganda“ (1963), „Men izlagan qiz“ (1964), „Munira“ (1965), „Balogʻat“ (1968) qissalari, „Qandak gul qard“ ocherk va hikoyalar kitobi (1965). „Osmon musaffo“ (1969), „Sadriddin Ayniy“ (Sh. Harisov bilan 1968, Moskva), „Otalar yurti“ (1974), „Norak“ (1979), „Muhabbat vodiysi“ romanlari (1980), „Umid olami“ (1980), „Kecha va ertaga sayohat“ (1980) ocherk va hikoyalar toʻplamini omma eʼtiboriga havola etdi va kitobxonlar orasida mashhur boʻldi.
„Osiyo toʻxtaganda“ (1973) va „Balogʻat“ (1984) filmlari asosida badiiy filmlar yaratildi.
Uning aksar hikoya va romanlari Moskva va Sovet Ittifoqining boshqa shaharlaridagi nufuzli nashrlarda koʻp nusxada chop etilgan. Uning alohida asarlari boshqa tillariga tarjima qilingan va nashr etilgan[2].
Uning „Laylatul qadr“ dramasi Abulqosim Lohutiy nomidagi Davlat akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. U F. Dostoyevskiy, A. Chexov, M. Avezov, A. Muxtor, S. Ahmad, M. Levin, Z. Doʻstmatov va boshqalarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan[3].
Mukofotlari
tahrir- Abu Abdulloh Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti (1980),
- SSSR MK va SSSR Yozuvchilar uyushmasining adabiy mukofoti (1980).
- Tojikistonda xizmat koʻrsatgan xodim (1997),
- Tojikiston xalq yozuvchisi (2001).
Manbalar
tahrir- ↑ „Юсуф Акобиров“. Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
- ↑ „Акобиров Юсуф“ (книги онлайн). Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
- ↑ Adiboni Toҷikiston (maʼlumotnomai muxtasari sharhiholӣ)./Tahiya va tanzimi Asrori Somonӣ va Maҷid Salim. — Dushanbe, „Adib“, 2014, — s. 34-35 ISBN 978-99947-2-379-9