Yusuf Oʻtagan oʻgʻli
Yusuf Oʻtagan oʻgʻli (1915-yil, Xoʻjaypul qishlogʻi, Sherobod bekligi, Buxoro amirligi — 1993-yil, Oʻzbekiston) — dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli va Sherna baxshilarning shogirdi. Baxshilar oilasida tugʻilgan. Yoshligidan terma va dostonlardan parchalar ayta boshlagan, 20 yoshlarida taniqli dostonchi boʻlib yetishgan. Yusuf Oʻtagan oʻgʻlidan "Shohniyoz podsho", "Nurali", "Sanam gavhar", "Malla savdogar", "Shahidnoma" kabi dostonlar, bir qancha ertaklar va oʻnlab termalar yozib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |