Yusup Roziqov
Yusup Sulaymonovich Roziqov (1957-yil 5-iyun, Toshkent) — oʻzbek va rus kinorejissori va ssenariy muallifi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (2001-yilda).
Yusup Sulaymonovich Roziqov | |
---|---|
Tavalludi |
5-iyun 1957-yil |
Fuqaroligi | |
Kasbi | kinorejissor, ssenariy muallifi |
Faoliyat yillari | 1983dan |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi |
Tarjimai hol
tahrirYusup Roziqov 1957-yil 5-iyunda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻgay otasi - Lev Tevatrosovich Xerunsev, arman, aviasiya uchuvchisi, bort muhandisi edi[1].
U Oʻrta maktabni tamomlagach, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan va talabalik mahalida “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida chiroq ustasi boʻlib ishlagan. Boʻlajak rejissor 1986-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti ssenariy fakultetini (V.K.Chernix qoʻlida ta’lim olgan) tamomlagan. 1983-yilda Moskva yoshlar filmlari festivalida uning ssenariysi asosida suratga olingan “Liftli uydagi zinapoya” filmi (rejissor Aman Qamchibekov) qisqa metrajli film uchun eng yaxshi ssenariy uchun festivalning bosh mukofotini olishga sazovor boʻladi. Roziqov 15 yil davomida Moskvada yashab, "Mosfilm" kinostudiyasida rejissor sifatida faoliyat yuritgan[2].
Kinorejissor 1999-yil oktyabrdan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi direktori, 2004-yildan — badiiy rahbari boʻlgan[2].
Yusup Sulaymonovich birinchi oʻzbek seriali “Domla” (1994), “Intizom” seriali (1997) rejissori va ssenariy muallifi sanaladi.
Rejissorlik ishi
tahrir- 1990-yil — Boʻribosar
- 1993-yil — Olov ichidagi farishta
- 1993-yil — Men aybdorman
- 1999-yil — Notiq
- 2000-yil — Ayollar saltanati
- 2002-yil — Erkaklar raqsi
- 2002-yil — Oʻrtoq Boykenjayev
- 2003-yil — Tabib
- 2004-yil — Qiz choʻpon
- 2006-yil — Generalim
- 2007-yil — Qochoqlar
- 2009-yil — Gastarbayter
- 2010-yil — Qaroqchi va qaroqchi ayol
- 2010-yil — Muhabbat umidi
- 2011-yil — Umidvor sevgi
- 2011-yil — Sohildagi tushlik
- 2012-yil — Ona va oʻgay ona
- 2012-yil — Fedorov
- 2013-yil — Isnod
- 2015-yil — Xizmatkor
- 2015-yil — Burj zarbasi
- 2015-yil — Ostonalar
- 2017-yil — Turk egari
- 2017-yil — Gʻoyib boʻldi
- 2019-yil — Kerosin
- 2019-yil — Qilich oʻyini
- 2021-yil — Fransuz ustasi
Ssenariylik ishi
tahrir- 1991-yil — Boʻribosar (Yuriy Korotkov va Vitaliy Moskalenko hamkorligida)
- 1987-yil — Qaygʻu iskanjasi
- 1990-yil — "Qora mushuk" niqobi ostida
- 2000-yil — Ayollar saltanati (Mahmud Toʻychiyev bilan hamkorlikda)
- 2011-yil — Merosxoʻr (Natalya Kudryavseva bilan birga)
- 2011-yil — Soʻnggi daqiqa
- 2011-yil — Topilma
- 2011-yil — Muhabbating edim (Ivela Karpiskaya bilan birga)
- 2012-yil — Topilma-2
- 2012-yil — Harbiy razvedka. Shimoliy front
- 2012-yil — Yurak tosh emas (Anastasiya Kasumova bilan birga)
- 2013-yil — Ayollar saltanati (Marianna Bek, Yelena Boyko hamkorligda)
- 2013-yil — Isnod (Yekaterina Mavromatis bilan)
- 2015-yil — Moskvaboddan qochish
- 2015-yil — Ostona
- 2017-yil — Turk egari
- 2019-yil — Kerosin
Mukofotlar va sovrinlar
tahrir- 1999-yil — "Notiq" filmi uchun MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari festivalining Gran-pri
- 1999-yil — "Notiq" filmi uchun kinotanqidchilar va kinoshunoslar gildiyasining mukofoti
- 2001-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi
- 2003-yil — "Oʻrtoq Boykenjayev" filmi uchun kinotanqidchilar va kinoshunoslar gildiyasining mukofoti
- 2003-yil — "Oʻrtoq Boykenjayev" filmi uchun MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi uchun "Nika" mukofoti sovrindori
- 2004-yil — "Tabib" filmi uchun MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi uchun "Nika" mukofoti
- 2006-yil — "Choʻpon qiz" filmi uchun MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi eng yaxshi film uchun Nika mukofoti
- 2010-yil — V"Gastarbayter" filmi uchun "Stalker" xalqaro inson huquqlari filmlari festivali Valeriy
- Frid mukofoti
- 2013-yil — "Isnod" filmi uchun Karlov Vari 48-Xalqaro kinofestivalida FIPRESCI mukofoti[3]
- 2013-yil — "Isnod" filmi uchun "Moskva premerasi" rus kinosining 11-Moskva kinofestivali, MK "Muhtasham yettilik" tanlovi"[4]
- "Moskva komsomolchisi" gazetasi tahririyatining mukofoti
- "Kinojarayon" jurnalining mukofoti
- 2013-yil — "Isnod" filmi uchun Orenburgdagi Klassika va avangard “Sharq va Gʻarb” festivalning eng yaxshi filmi uchun mukofot[5]
- 2013-yil "Isnod" filmi uchun Gonfleurdagi 21-Rossiya kinofestivali - Tomoshabinlar mukofoti[6]
- 2013-yil — "Isnod" filmi uchun eng yaxshi ssenariy uchun Valeriy Frid mukofoti - Inson huquqlari boʻyicha XIX Xalqaro kinofestivali[7]
- 2013-yil — “Isnod” filmi uchun 7-London rus filmlari festivali - Hakamlar hay’atining maxsus e’tirofi[8]
- 2014-yil — "Isnod" filmi uchun Triyesta (Italiya) 25-xalqaro kinofestivalining Gran-prisi[9]
- 2014-yil — “Isnod” filmi uchun “Rossiya provinsiyasi” kinofestivali (Yeysk) – “Zamonamiz fojiasini dadil namoyish etgani uchun” hakamlar hay’atining maxsus mukofoti[10]
- 2015-yil — “Moskvaoboddan qochish” filmi eng yaxshi ssenariy uchun XXIII “Yevropa koʻzgusi” kinofestivali – hakamlar hay’atining maxsus mukofoti
- 2015-yil — “Birgalikda” XVI Xalqaro telekinoforumi (Yalta) – “Ostona” televizion badiiy filmlar tanlovida eng yaxshi rejissorlik ishi uchun mukofot.
- 2015-yil — “Moskvaboddan qochish” filmi uchun Orenburgdagi Klassika va avangard “Sharq va Gʻarb” XVIII festivalning eng yaxshi ssenariy uchun A.Samoryadov nomidagi mukofot
- 2016-yil — “Moskvaboddan qochish” IX Cheboksari xalqaro kinofestivali – eng yaxshi ssenariy uchun mukofot[11]
- 2017-yil – XXVIII “Kinotavr” kinofestivali (Sochi) – “Turk egari”[12]
- Filmning musiqiy yechimi uchun M.Tariverdiyev mukofoti
- Rossiya kinotanqidchi va kinoshunoslar gildiyasining diplomi
- 2017-yil — “Turk egari” filmi uchun “Achchiq fest” I aktual kinofestival (Nijniy Novgorod) Gran-prisi[13]
- 2017-yil — “Turk egari” filmi uchun Orenburgdagi Klassika va avangard “Sharq va Gʻarb” X festivalning eng yaxshi film uchun Sarmat oltin sher” mukofoti[14]
- 2017-yil — “Turk egari”[16] filmi uchun:2-Ural ochiq rus kinofestivali (Yekaterinburg)[15]:
- eng yaxshi rejissor mukofoti
- eng yaxshi produser mukofoti (Darya Lavrova, Filipp Brusnikin, Denis Luzanov, Aleksandr Gadalov bilan birgalikda)
- 2017-yil — “Turk egari” filmi uchun VI Trans-Baykal xalqaro kinofestivali (Chita)[16]:
- Billur shar Gran-prisi
- Eng yaxshi rejissor mukofoti
- 2017-yil — “Turk egari” filmi uchun “Yevrosiyo koʻprigi” II Xalqaro kinofestivali (Yalta) – eng esda qolarli tarixi uchun hakamlar hayatining maxsus mukofoti[17]
- 2019-yil — "Kerosin" filmi uchun Sochidagi "Kinotavr" XXX ochiq rus kinofestivalida D.Dondureya nomidagi kinotanqidchilar va kinoshunoslar gildiyasining mukofoti[18]
Manbalar
tahrir- ↑ „Кинорежиссер Юсуп Разыков: «Танец с саблями» — рингтон XX века“ (ru). Sputnik Армения (2016-yil 24-mart). 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Разыков Юсуф Сулейманович“ (ru). Энциклопедия отечественного кино. 2012-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Призы 48 Кинофестиваля в Карловых Варах: две награды у российских фильмов“ (ru). ProfiCinema.ru (2013-yil 8-iyul). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-iyul.
- ↑ „Призы 11-го Московского фестиваля отечественного кино «Московская премьера»“ (ru). 2013-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Финал кинофестиваля: в Оренбурге названы лучшие российский и международный фильмы“ (ru). ИА REGNUM (2013-yil 21-oktyabr). 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
- ↑ Валерий Кичин. „В Нормандии закончился фестиваль российских фильмов“ (ru). Российская газета (2013-yil 30-noyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
- ↑ „Итоги XIX Международного Фестиваля фильмов о правах человека «Сталкер» 10 - 15 декабря 2013 года“ (ru). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
- ↑ „«Зимний путь» признан близким к шедевру“ (ru). Коммерсантъ (2013-yil 22-noyabr). 2013-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
- ↑ Валерий Кичин. „Российский фильм завоевал главный приз на фестивале в Триесте“ (ru). Российская газета (2014-yil 24-yanvar). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
- ↑ „Названы победители кинофестиваля «Провинциальная Россия»“ (ru). Краснодарский край (2014-yil 3-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
- ↑ „VIII Международный кинофестиваль "Восток-Запад. Классика&Авангард" подвел итоги“ (ru). Оренбургские новости (2015-yil 21-sentyabr). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
- ↑ „«Аритмия» Бориса Хлебникова удостоена Гран-при «Кинотавра»“ (ru). ТАСС (2017-yil 14-iyun). 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
- ↑ „Гран-при фестиваля «Горький» получил фильм Разыкова «Турецкое седло»“ (ru). РИА Новости (2017-yil 22-iyul). 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.
- ↑ Валентина Зотикова. „Лев за лучший фильм“ (ru). Российская газета (2017-yil 7-sentyabr). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
- ↑ Валерий Кичин. „Рекордная "Аритмия"“ (ru). Российская газета (2017-yil 8-sentyabr). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Гран-при Забайкальского кинофестиваля получил фильм «Турецкое седло»“ (ru). ТАСС (2017-yil 17-sentyabr). 2017-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
- ↑ „II Международный кинофестиваль «Евразийский мост» объявил победителей»“ (ru). The Hollywood Reporter (2017-yil 20-sentyabr). 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
- ↑ „«Лауреаты 30-го ОРКФ „Кинотавр“»“. 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
Havolalar
tahrir- Yusup Raziqov // Kinoglaz
- Razikov Yusup (Yusuf) Sulaymonovich // Kino-SSSR