Siboiy, Yusuf asSiboiy (1917.10.6 — Qohira — 1978) — arab yozuvchisi, MAP jamoat arbobi. Oliy harbiy maʼlumot olgan. Osiyo va Afrika xalqlari birdamligi tashkilotining (1958-yildan) hamda Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari uyushmasi doimiy byurosining (1958-yildan) bosh kotibi. Misr yozuvchilar uyushmasini boshqargan va madaniyat vaziri boʻlgan (1973-yildan). Halqaro "Nilufar" jurnali bosh muharriri. Asarlari 1947-yildan nashr etila boshlagan ("Sharpalar" hikoyalar toʻplami va "Azroilning noibi" romani). Hozirgi turmush mavzularidagi 50 ga yaqin kitob, jumladan, "Tarsakilar va boʻsalar" tanqidiy maqolalar toʻplami (1959), "Biz yolgʻiz emasmiz" (1959), "Hayot koʻz ochib yumguncha oʻtadi" (1973) romanlari muallifi. "Davrdan kuchli" pyesasi (1966) Asvon toʻgʻoni qurilishiga bagʻishlangan. S.ning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan, xorijiy tillarga tarjima qilingan. JolioKyuri nomidagi Tinchlik medali (1960) hamda xalqaro "Nilufar" mukofoti (1974) bilan takdirlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil