Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin (1903—?) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi (1942—1944).

Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin
O`zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1942 – 1944
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Konstantin Shubladze
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903
Nikolayev, Samara guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti nomaʼlum
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

1931-yildan VKP (b) aʼzosi.

Oʻzbekiston SSRda masʼul partiya ishida, Oʻzbekiston KP (b) MK qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1942 yilgacha - Oʻzbekiston KP (b) MK Andijon viloyati boʻyicha tashkiliy byurosining 1-kotibi boʻlgan. 1942—1944 yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyati qoʻmitasining 1-kotibi. U „vazifani bajara olmagan“lik ayblovi bilan lavozimidan chetlashtirilgan.

1945—1947-yillarda — Ukraina KP (b) Jitomir viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. 1947-yildan 1950-yil 9-maygacha Ukraina KP (b) Poltava viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. Ukraina SSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati.

SSSR Paxtachilik vazirligida masʻul ishda ishlagan.

Mukofotlari

tahrir

Havolalar

tahrir