Yuyeban
Yuyeban — mil. av. 2-asrda Tarbagʻatoyda oʻtroqlashgan hunlar; keyinchalik Yettisuv tomon siljiganlar. 5-asrda uygʻurlar tomonidan tobe etilib 4 ta qabilaga (chuyus, chumi, chumugun, chuban) boʻlinib ketgan. 6—10-asrlardagi Xitoy tarixchilarining yozishicha, Yu.lar usunlardan shim.gʻarbda yashashgan. Ularning turkiy boʻlgani taxmin etiladi, chunki xitoylar Yu.larni hunlarning avlodi ekanliklari, ularning urf-odatlari va tillari gaogyuylar (uygʻurlar) bilan bir xil ekanligini aytishgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |