ZX Auto
Hebei Zhongxing Automobile Co Ltd Xitoyning ZX Auto brendi ostidagi SUV va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[1]. Tianye Automobile Group Co Ltd va Taiwan Unite Leading Co kompaniyalari tomonidan egalik qilinadi. 1999-yilda tashkil etilgan[2] va oʻz mahsulotlarini Yaqin Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikaga eksport qiladi. Kompaniya yiliga 110 000 dona ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi aytiladi[3] – bu raqam yillik ishlab chiqariladigan dvigatellar va avtomobillar miqdorining yigʻindisi boʻlishi mumkin.
Turi | Qoʻshma korxona |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Qachon asos solingan | 1999 |
Mahsulot(lar)i | Automobiles |
Ishchilar soni | 2,800 |
Vebsayti | zxauto.com.cn |
Tarixi
tahrir2000-yillarning ikkinchi yarmida kompaniya AQShning Capital Corp kompaniyasi[4] yordamida AQSH bozoriga[5] kirishga harakat qildi va u 2007-yilda Milliy avtomobil dilerlari assotsiatsiyasi konvensiyasida ishtirok etdi[6]. AQShda sotuvlar 2008-yildayoq eʼlon qilingan boʻlsa-da[1], kompaniya haligacha oʻz mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarda sotmagan. Biroq, kompaniya avtomobillari Yevropa Ittifoqiga aʼzo baʼzi davlatlarda mavjud[7].
Liviyadagi fuqarolar urushi paytida atigi 6 ta ZX Auto Grand Tiger pikap yuk mashinasi[8] isyonchilar qoʻliga oʻtib[9], qurollantirilgan pikatlarga aylantirildi[10]. Fuqarolar urushi davom etar ekan, NATO havo bombardimonchilari zirhli mashinalarini ishdan chiqarganidan keyin Qazzofiy tarafdorlari ham pikaplardan foydalanishni boshladi[8]. Ushbu fuqarolar urushida foydalanilgan ZX Auto Grand Tiger pikaplarining baʼzilari Tayo Auto Grandhiland nomi ostida taqdim qilingan boʻlishi mumkin[manba kerak]. 2011-yilda janglar boshlanganda, Liviyada kamida 15 000 ta ZX Auto pikaplari bor edi[11].
Taxminan 2014-yilda kompaniya oʻzining veb-saytidan Taiwan Unite Leading Co hamda Hebei Tianye Automobile Group Co Ltd kompaniyalari tomonidan egalik qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olib tashladi[12]. Veb-sayt yangilangandan keyin, kompaniyaning tashkil qilinish sanasi 1999-yildan 1949-yilga oʻzgartirildi, 1999-yil esa ZX Auto „qoʻshma korxonaga aylantirilgan“ yil deb koʻrsatildi[12].
Ishlab chiqarish zavodlari va inshootlari
tahrirZX Auto ikkita avtomobil zavodi va ilmiy-tadqiqot markaziga ega[3]. Zavodlardan biri va ilmiy-tadqiqot markazi kompaniya bosh ofisi joylashgan Xebey provinsiyasining Baoding shahrida joylashgan[manba kerak], ikkinchi zavod Changchunda boʻlishi mumkin, chunki ZX Auto kompaniyasi Changling Group Co Ltd bilan ushbu shahardagi ishlab chiqarish zavodining bir qismiga egalik qiladi[13]. 2010-yil oxirida Xubeydagi Yichang shahrida SUV va sedanlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi boshlandi[14]. 2014-yil oxirida kompaniya oʻz veb-saytida 50 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Baoding ishlab chiqarish zavodi haqida maʼlumot qoldirdi[15].
Mahsulotlarining bir qismi xorijdagi kichik fabrikalarda yigʻiladi va ZX Auto eksportining asosiy qismi ushbu zavodlar hissasiga toʻgʻri kelishini taʼkidlaydi[16]. Ushbu zavodlarga ega boʻlgan va yakuniy yigʻishni amalga oshiradigan kompaniyalar ZX Auto bilan bogʻliq boʻlishi shart emas. Bunga oʻxshash avtomobil yigʻiladigan zavodlar Misr, Eron va Iordaniyada faoliyatini boshladi, u yerda 2008-yil holatiga koʻra yiliga 5000 dona ishlab chiqaruvchi zavod qurilish bosqichida[17]. 2011-yildan boshlab kompaniya Meksika va Malayziyada yangi kichik zavodlar paydo boʻlishiga umid qilmoqda[18]. Polshada Grand Tiger pikapi POL-MOT Warfama polyak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi[7]. Polshada yigʻilgan modellar Yevropa Ittifoqi qoidalariga va standartlariga mos keladigan dvigatellarga ega[7].
Modellari
tahrirJoriy modellari
tahrir- ZX Grand Tiger (小老虎) pikap;
- ZX Weihu (威虎) pikap
- ZX Terralord (领主) pikap
- ZX Weishi (威狮)/ G9 pikap
- ZX C3 Urban Ark SUV/ ZX Cross Van
Ishlab chiqarilmayotgan modellari
tahrir- ZX Admiral SUV va pikap
- ZX Chanling (昌铃) pikap
- ZX Landmark SUV
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Reed, J. (16 January 2008). ZXAuto to lead chinese assault on US car market. Financial Times.
- ↑ „Zxauto-Changling branch“. ZX Auto. 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Introduction“. About ZXAUTO. ZX Auto. 2012-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ Fairclough, G. (7 November 2006). „Bumper crop: As barriers fall in auto business, china jumps in“ Wall Street Journal
- ↑ „Proud Moments“. About ZXAUTO. ZX Auto. 2011-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ Bursa, M. (2007). China automotive market review: Management briefing: Exports to the US. Just-Auto News
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Poland sees China links as key to growth“. Marketplace. American Public Media/National Public Radio (2011-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ 8,0 8,1 „China-made pickup being known for Libyan War“. ZX Auto (2024-yil 29-oktyabr). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ „How I took my ZX Auto Grand Tiger To War Against Gaddafi“. chinacartimes.com (2012-yil 15-iyul). 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ Montlake, Simon. „Libyan War Offers Mixed Blessings for China's ZX Auto“. Forbes (2011-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ For 2003 shipment of 4,000 pick-ups and c. 2008 shipment of 5,000, see „ZXAUTO exports 5,000 pickups to Libya“. ZX Auto (2024-yil 29-oktyabr). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ 12,0 12,1 See differences between archived ZX Auto websites.
- ↑ „ZXAUTO and ChangLing joint sedan factory has been established successfully“. ZX Auto (2024-yil 29-oktyabr). 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ „Zhongxing Breaks Ground on SUV Plant in Yichang, Eyeing Sedan Market“. ChinaAutoWeb.com (2010-yil 29-noyabr).
- ↑ „About ZX Auto: Introduction“. zxauto.com.cn. ZX Auto. 2014-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Grandtiger won dual champions in Iran in terms of product quality and customer satisfaction“. ZX Auto (2024-yil 29-oktyabr). 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ For Egypt assembly, see „The First Chinese SUV Brand in the Biggest Market in North Africa“. ZX Auto (2024-yil 29-oktyabr). 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
- ↑ „2250 units of GRANDTIGER pickups rolled into Middle Eastern market in January 2011“. ZX Auto. 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.