Zafar — Toshkent viloyatidagi shaharcha (1918—72 yillarda Olmazor qishlogi). Bekobod tumani markazi. Toshkentdan 120 km jan.da, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bekobod (22 km). Aholisi 7,7 ming kishi (2000).

Zafar
shahar
40°22′35″N 69°15′05″E / 40.37639°N 69.25139°E / 40.37639; 69.25139
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Bekobod tumani
Aholisi
7 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zafar xaritada
Zafar
Zafar
Zafar xaritada
Zafar
Zafar

3. qad. aholi maskanlaridan biri, uning markazidagi "Nomsiz tepa" kabristonidan 8—9-asrlarga oid arxeologik buyum qoldiqlari topilgan. 1870-yilda qishloq Rossiyadan koʻchirib keltirilgan ruslarning Korzinkin nomli xutoriga aylantirildi va Dalvarzin volostining markazi boʻldi. Xutor yonida 60 ga olmazori ham boʻlgan (qishloqning avvalgi nomi shundan). 1918-yil Olmazor qishlogʻida shoʻrolar otliq armiyasi uchun qorabayir otlar yetishtirib beradigan ot zdi tashkil qilindi. 1926-yil ot zdi oʻrnida "Dalvarzin" urugʻchilik xoʻjaligi tuzildi. 1930-yil bu xoʻjalik paxtachilik sziga aylantirildi va Olmazor qishlogʻi sz qoʻrgʻoni boʻlib qoldi. Z.da maʼmuriy va madaniymaishiy binolar, sport inshootlari, bozor, 2 kasalxona, 3 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika bilim yurti bor. "Yoshlik" savdo markazi qurilgan. Kutubxona, madaniyat uyi, pedagogika bilim yurti qoshida litsey, mehnat taʼlimi kollejlari, xususiy savdo doʻkonlari bor. Tuman hokimiyati binosi oldiga "Nomaʼlum askar" monumenta oʻrnatilgan. Z.dan Toshkent — Bekobod avtomagistral yoʻli oʻtgan. Avtobustaksi saroyi, koʻchma qurilish kolonnalari, "Sarbon" yuk tashish transporti avtokorxonasi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Zafarbek Ismoilov - O'zbekistondagi eng geniy, tug'ma talantli inson, qudratl, kuchli va yovuz

[1]