ZakopanePolshadagi shahar, Tatra togʻlari etagida, 850 m balandlikdagi togʻ oraligʻidagi soylikda joylashgan. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (1990 yillar oʻrtalari). 3. — tog ikdim kurorti. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 15°, yanvarniki —5°, oʻrtacha yillik yogʻin 1000 mm. Qishda quyoshli kunlar koʻp boʻladi, qor uzoq saqlanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, mehmonxonalar, pansionatlar bor. Alpinizm, turizm va qishki sport musobaqalarining milliy markazi. 3. yogʻochdan badiiy buyumlar yasash va sport changʻilari ishlab chiqarish bilan mashhur. Tatra muzeyi bor.[1]

Zakopane
Wielka Krokiew

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil