Zalla Zarana
Zalla Zarana, tugʻilgan vaqtdagi ismi Rozalija Sršen (1897-yil 16-iyul — 1967-yil 12-iyul) — amerikalik aktrisa. U Gollivudda muvaffaqiyat qozongan birinchi sloveniyalik aktrisa hisoblanadi.
Zalla Zarana | |
---|---|
Tavalludi |
Rozalija Sršen 16-iyul 1897-yil Žužemberk, Avstriya-Vengeriya |
Vafoti |
12-iyul 1967-yil (69 yoshda) Los-Anjeles, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh va Avstriya-Vengriya imperiyasi |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1917-1928-yillar |
Turmush oʻrtogʻi | Theodore G. Lohman |
Hayoti
tahrirZarana 1897-yil 16-iyulda Avstriya-Vengriya imperiyasining Quyi Karniola viloyatidagi Juzemberk shahrida tugʻilgan[1][2]. U oʻn yetti yoshida Amerika Qoʻshma Shtatlariga joʻnab ketdi va San-Fransiskodagi xolasinikiga koʻchib oʻtdi. Zarana ingliz tilini, matn terish va buxgalteriya hisobini oʻrganish uchun tungi mashgʻulotlarga bordi. U 1917-yilda Germaniyada tugʻilgan doʻsti Izabel Grenner bilan Los-Anjelesga bordi va aktrisa boʻlish uchun harakat qila bosjladi. U „The Flame of the Yukon“ filmida ispan raqqosi rolini oʻynadi hamda bir oz muvaffaqiyatga erishdi. Zarana gʻarbda William S. Hart bilan ikkinchi darajali rollarni oʻynab yurgan. 1922-yilda Jack Hoxie bilan birga „Back Fire“ va „Silver Spurs“ filmlarida Lester Kuneo rolini oʻynagan. U ekzotik qahramonlar, raqqosalar va vamplar kabi rollarni afzal koʻrgan hamda 20 tadan ortiq shunga oʻxshagan filmlarda rol ijro etgan. Uning karyerasi juda ham kamtarona edi. Biroq, Stan Laurel va Gary Cooper kabi mashhur yulduzlar bilan sahnalarda birgalikda rollar oʻynagan. Erich von Stroheim rejissyorligidagi „The Merry Widow“ filmida Mae Murrayning yorqin doʻsti kabi mashhur rollarni oʻynadi. Ovozli filmlar paydo boʻlishi bilan u ekranni tark etdi va 1930-yilda turmushga chiqdi. U vaqti-vaqti bilan sahna asarlari uchun pyesalar yozib turdi[3].
Filmografiyasi
tahrir- The Flame of the Yukon (1917)
- Cupid's Day Off (1919)
- Silver Spurs (1922)
- Back Fire (1922)
- The Wheel of Fortune (1923)
- The Merry Widow (1925)
- The Lady Who Lied (1925)
- The Winding Stair (1925)
- Navy Blue Days (1925)
- The Yokel (1926) (short)
- Butterflies in the Rain (1926)
- Lightnin' Wins (1926)
- The Show (1927)
- The Heart Thief (1927)
- Turkish Howls (1927)
- What Price Love? (1927)
- A Ship Comes In (1928)
- The Big City (1928)
- West of Zanzibar (1928)
- Wings (1928)
- Man, Woman and Wife (1929)
Manbalar
tahrir- ↑ "New York Passenger Arrival Lists (Ellis Island), 1892-1924", database with images, FamilySearch (https://familysearch.org/ark:/61903/1:1:JJ79-DY6 : 16 August 2019), Rosalie Sersen, 1914.
- ↑ „Vital Records“ (1930-yil 22-oktyabr), s. 23. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
- ↑ Nose, Rok. „Iz Žužemberka odšla med zvezde Hollywooda“. Dolenjski list (2017-yil 24-iyul), s. 17. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.