Zarar (huquq)
Zarar (huquqda) — bir shaxsga ikkinchi bir shaxsning huquqbuzarligi tufayli yetkazilgan pul shaklidagi ziyon. Zarar deganda, birinchidan, kreditorning sarfharajati, ikkinchidan, uning molmulkining yoʻqolishi yoki unga shikoyat yetkazilishi va uchinchidan, qarzdor majburiyatnch lozim darajada bajarganida olishi mumkin boʻlgan daromad (olinmagan foyda) tushuniladi. Zarar moddiy va maʼnaviy koʻrinishda boʻladi, Moddiy zarar — shaxsning mol-mulkiga, maʼnaviy zarar esa — shaxsga, uning hayoti va sogʻligʻiga, ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishdan iborat. Qonunchilikda zararni toʻla hajmda qoplash tamoyili amal qiladi. Odatda, qarzdorning aybi boʻlgan hollardagina zarar undiriladi. Qonun ayrim turdagi majburiyatlar boʻyicha qarzdorning javobgarligini cheklashi mumkin. Masalan, saqlash uchun topshirilgan mulk yoʻqolganda, kamomad yoki shikast yetkazilganda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, saqlovchi mulk egasiga olinmagan foydani toʻlashi shart emas. Yuk yoʻqolganda yoki kamomad boʻlganda, transport tashkiloti faqat uning haqiqiy narxini toʻlashga majbur, agar yukka shikast yetkazilgan yoki buzilgan boʻlsa — faqat uning kamaygan qiymati toʻlanadi. Maʼnaviy zarar, toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qat'iy nazar, pul bilan qoplanadi, uni qoplash miqdori sud tomonidan aniklanadi. Zarar va uni qoplashning huquqiy jihatlari Oʻzbekiston Respublikasining FK va JK ning tegishli moddalarida belgilangan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |