Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar — Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida ta‘rif berilmagan[1]. Biroq, mazkur tushuncha bevosita, g‘arriqonuniy harakat (harakatsizlik tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajimda qoplanishi lozimligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasida o‘z ifodasini topgan mazkur normadan zarar yetkazgan shaxsning yetkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyati hamda jabrlanuvchining yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi mavjudligini anglash mumkin. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, shaxs (jismoniy yoki yuridik shaxs)ning hayoti va sog‘lig‘i yoki mol-mulkiiga zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyatini oladi, jabrlanuvchi esa, o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik huquqi nazariyasida delikt deb ataladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. 
  2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi